Yangi yil munosabati bilan turli kompaniyalar ijtimoiy tarmoqlarda "like, share, tag"dan iborat an'anaviy aksiyalar taşkil etişdi. Ular orasida Murad Buildings tomonidan ötkazilgan katta masştabdagi tanlov juda katta şov-şuvga sabab böldi. Sababi, kompaniya yagona ğolibga emas, balki tanlovning 5000dan ortiq barça iştirokçisiga sovğa taqdim etdi.  

 Unga köra, Facebook ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilari kompaniya tomonidan qurilgan ajoyib Qorbola uçun nom öylab topişi lozim edi. Tanlovda 5000dan ortiq iştirokçi qatnaşib, har biri tanlovning barça şartiga rioya qilgan. 

Natijalarga köra, Qorbolaga "Umidjon" deya şe'riy usulda nom bergan olti yaşar Muhammadsodiq tanlov ğolibiga aylandi va super-sovğa iPhone 7 (128 Gb) bilan taqdirlandi. Ğolibning şe'riy javobi aks ettirilgan videoni quyida tomoşa qilişingiz mumkin:

Murad Buildings kompaniyasi faol iştirok, özgaça yondoşuv va sarflangan vaqt uçun foydalanuvçilarga öz minnatdorçiligini izhor etiş maqsadida tanlovning barça qatnaşçilarga ajoyib sovğalar tayyorladi. 

Şahrimizning Çilonzor tumanida qad rostlagan "Green City" turar-joy majmuasi uç kun davomida insonlarning taşrifi bilan gavjum böldi. Aynan şu yer har bir iştirokçiga maxsus esdalik  sovğalar topşirildi. 

Tanlov şubhasiz, har bir iştirokçiga kutilmagan sovğalar, iliq taasurot va kötarinki kayfiyat bağş etdi. Buni iştirokçilarning samimiy tabassumidan ham seziş mumkin. 

Biz esa ertaklardagi şaharçani yodga soluvçi "Green City" turar-joy majmuasida bölib, foydalanuvçilar fikri bilan örtoqlaşdik.

Dilorom Abduholiqova, ğolibning onasi:

"Bizga bu tanlov haqida dadamiz xabar berdilar. Biz qanday nom berişni uzoq öylab, uni şe'riy körinişda taqdim etişga qaror qildik va unga Umidjon deya nom berdik. Şe'rda kompaniya yaratayotgan uylar közlarni quvontirib, barçaga yaxşi umid bağişlaşini aks ettirişga harakat qildik. Öğlim Muhammadsodiq esa tabiatan juda faol, quvnoq bola bölgani uçun şe'rni özi yod olib, tanlovda iştirok etdi. Töğrisini aytsam, aynan biz bergan nom yutişini sira ham kutmagan edik. Sababi, iştirokçilar soni juda ham köp edi. Tanlov taşkilotçilarga minnatdorçilik bildirib qolamiz. Nasib qilsa, yaqin kelajakda Murad Buildings barpo etayotgan uylardan harid qiliş niyatidamz".

Nasiba Sultonova:

"Men uşbu tanlovni taşkil qilgan barça taşkilotçilar, jumladan, Murod Nazarov va ularning oila a'zolariga alohida minnatdorçilik bildirmoqçiman. Kompaniya barçaga nafaqat Yangi yil kayfiyatini, balki yana bir bor bolalikka qaytiş imkonini xadya qildi".

Galina Nikitina: 

"Odatda, ijtimoiy tarmoqlarda taşkil etiladigan tanlovlarda xamma ştirokçilar ham ğolib bölavermaydi. Şu sababli bu juda ham ajoyib aksiya böldi. Ayniqsa, xodimlarning çiroyli kutib olişi va sovğalar ulaşişi meni qattiq ta'sirlantirdi. Töğrisi, avvallari bu kabi aksiyani körmagan edim".

Gaitova Dilorom: 

"Tanlovlarda iştirok etişni yaxşi köraman. Biroq bu tanlovga özgaça e'tibor qaratdim. Heç ham ğolib böliş nasib qilmagan edi. Tanlovda asosiy sovrinni qölga kiritgan bolaning şe'riy yöllanmasi menga juda ham manzur böldi. Umid bilan boşlangan har bir narsa çiroyli yakun topadi. Kompaniyaga ajoyib tanlov va sovğalar uçun taşakkur".

Dilşod Xasanov:

"Murad Buildings tomonidan qurilyotgan uylar şahrimiz körkiga körk qöşib kelmoqda. Ular tomonidan ötkazilgan bu tanlov ham yana bir kompaniya har bir oilaga baxt ulaşişini isbotladi".

Mahamadaliyeva Malika:

"Tanlov juda ham qiziqarli ötdi. Barça bir-biridan ajoyib ismlar topişga kirişdi. Menga Qorbola ham, kompaniya yaratgan uylar ham juda yoqdi. Har xonadonning dizayni, loyihasi meni hayratga soldi. Barçasi did bilan qilingan".

Abdullayeva Gulnoza:

"Bu bizning xalqimiz uçun ajoyib tanlov böldi. Barça iştirokçilarga özgaça kayfiyat ulaşdi. Uylarni körib közim quvondi. Xammamizga şunday fayzli uylarda yaşaş nasib qilsin".

Sodiqova Nodira:

"Men Murad Buildings kompaniyasi yanada kökka kötarilişini tilagan holda "Parvoz" degan nomni bergan edim. Albatta, bunday sovğalar berilişini sira ham kutmagan edim. Har safar Qorbolani körganimda tanlov haqida iliq taasurotlar yodimga keladi. Barça taşkilotçilarga, Murod Nazarovga şunday ajoyib lahzalar uçun taşakkur aytaman".

Kim Irina:

"Tanlov yuqori darajada taşkil etilgan. Bizlarni kompaniya xodimlar iliq kayfiyat bilan kutib olişdi. Taasurotlar çeksiz. Bu binolarning loyihalari ham bizlarni maftun qildi. Şuningdek, tanlovda olti yaşar bolaning ğolib bölgani haqqoniy böldi, deb  bilaman".

Isomiddinova Zulhumor va Rahmonov Rustambek:

"Sovğalarni öz vaqtida çiroyli qilib topşirişdi. Kelayotgan iştirokçilarni kompaniya rahbari Murod akaning şaxsan özi iliq kayfiyatda kutib olayotgani bizni juda ham quvontirdi. Vatanimiz tobora rivojlanib borayotganidan mamnunmiz". 

Ma'lumot örnida: Bu kabi bayramlar Green City majmuasida yana taşkil etilişi kutilmokda. Kompaniya vakillarining sözlariga köra, bahor fasli boşlanib, bu yerga ekilgan yuzlab daraxtlar kurtak oça boşlaganida, Murad Buildings'ning ananaviy sumalak şodiyonasi aynan Green City'da ötkazilişi rejalaştirilmoqda.

Maqolamiz söngida insonlarga baxt ulaşişda davom etayotgan kompaniyaning faoliyatiga zafarlar tilab qolamiz va tanlovning boş sovrin egasi Abduholiqov Muhammadsodiqning mahsus interyusini taqdim etamiz. Tomoşa qiling, marhamat:

Maqolani Feruza Avazova tayyorladi

Reklama huquqi asosida