Iqtisodiyotning jadal rivojlanişi natijasida energiya resurslariga bölgan talab tobora oşib bormoqda. Bu borada kömir qazib oliş sanoatida amalga oşirilayotgan işlar, nainki tabiiy resursdan tejab-tergab foydalaniş, balki aholini qattiq yoqilği bilan ta'minlaşga xizmat qilmoqda, deb yozadi ÖzA axborot agentligi. 

Ma'lumki, Özbekiston kömirning yirik zaxiralariga boyligi jihatidan dunyodagi peşqadam mamlakatlardan biri hisoblanadi. 

Angren kömir koni Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik konlardan biridir. Mamlakatimizda qazib olinayotgan qattiq yoqilğining 85 foizi ana şu kon hissasiga töğri keladi. 

Tahlillar mamlakatimizda kömir mahsulotiga bölgan talab tobora ösib borayotganini körsatmoqda. 2010 yildan 2016 yilgaça bölgan davrda aholi va byudjyet taşkilotlarining kömirga bölgan ehtiyoji 2,5 barobardan ortib ketgan. Ana şu talabdan kelib çiqib, soha korxonalarida kömirni qazib oliş va iste'molçilarga yetkazib beriş hajmini köpaytirişga qaratilgan investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Angren konida kömir qazib çiqarişda zamonaviy aylanma oqim texnologiyasining amalga tatbiq etilgani sohada sarf-xarajatlarni sezilarli darajada qisqartiriş imkonini berdi. 

Amalga oşirilgan bu kabi çora-tadbirlar samarasida kömir qazib oliş hajmining 3,3 million tonnadan 4 million tonnaga, iste'molçilarga yetkazib berilayotgan qattiq yoqilğining 2,5 million tonnadan 3,7 million tonnagaça ösişiga erişilgan. 

Ijtimoiy soha obektlari, aholi örtasida kömirga bölgan talabning muttasil oşib borayotgani tizimdagi korxonalar zimmasiga yangi vazifalar yuklamoqda. Ana şu vazifalarni bajariş yuzasidan kömir briketi işlab çiqariş, aholi va ijtimoiy soha muassasalariga kömir mahsulotlarini yetkazib beriş masalalari tartibga solindi. 

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 dekabrdagi “Respublika aholisi va byudjyet taşkilotlariga kömir mahsulotlari yetkazib beriş mexanizmini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori mamlakatimiz aholisi va byudjyet taşkilotlariga kömir mahsulotlarini yetkazib beruvçi va taqsimlovçi taşkilotlar mas'uliyatini yanada oşirdi. 

Mazkur qarorda kömir mahsulotlari zaxiralari şakllantirilişi, ularning manzilli taqsimlanişi hamda aholi va byudjyet taşkilotlariga uzluksiz yetkazib berilişida iştirok etadigan muassasa va taşkilotlar mansabdor şaxslarining öz vazifalarini sifatli hamda öz vaqtida bajarişiga bölgan majburiyatini oşirişga qaratilgan me'yorlar belgilangan. 

Qaror ijrosini ta'minlaş maqsadida quriliş va rekonstruksiya işlari amalga oşiriladigan, kömir briketini işlab çiqariş böyiça uskunalar bilan jihozlanadigan "Özbekkömir" aksiyadorlik jamiyati hududiy distribyutorlik markazlari filiallari röyxati işlab çiqildi. 84 kömir omborini quriş va ularni turli quvvatga ega bölgan işlab çiqariş uskunalari bilan jihozlaş közda tutilgan. Şu maqsadda 90 gektar yer maydoni ajratiş rejalaştirilgan.