AQŞlik şarhlovçi, ESPN sport kanalida işlovçi Dug Adler tennis böyiça 4 karra Olimpiya çempioni, amerikalik Vinus Uilyamsni Avstraliya oçiq çempionatidagi uçraşuvda gorillaga öxşatgani uçun işidan ayrildi. 

Bu haqorat Uilyams va Şveytsariya vakili Ştefani Fyogele örtasidagi uçraşuvda yangradi hamda şarhlovçi va kanal nomiga köplab tanqidlar bildirilişiga sabab böldi.

Şarhlovçining özi keyinroq efirda "gorilla" emas, balki "guerrilla" (partizan) sözini aytganini vaj qilgan, biroq kanal vakillari "unga sözlarni tanlaşda ehtiyotkorroq bölişi kerakligini" aytganlar.