«Dunyo» xabariga köra, maqolada FIFA 2026 yilda erkaklar örtasida ötkaziladigan futbol böyiça jahon çempionatida iştirok etadigan jamoalar sonini 32 tadan 48 taga oşirgani yozilgan. «Bu köplab milliy jamoalarga navbatdagi jahon çempionatiga çiqiş imkoniyatini taqdim etadi. Mazkur imkoniyat şarofati bilan köplab mamlakatlar dunyodagi eng yirik va nufuzli sport musobaqasi bilan boğliq e’tiborni his qilişi, şuningdek, öz davlatlarida futbol rivojini sezilarli darajada oşirişi mumkin böladi», – deyiladi maqolada.
ESPN’da e’lon qilingan maqolada ta’kidlanganidek, Qatarda futbol böyiça Osiyo kubogi bölib ötyapti. FIFA Osiyo qit’asi uçun jahon çempionatiga çiqiş uçun yöllanmalar sonini deyarli ikki baravar oşirdi va ular törttadan sakkiztaga yetdi. Özbekiston uşbu özgarişlarning asosiy manfaatdorlaridan biriga aylanişi mumkin.
«Jahon çempionatida mamlakatlar sonini köpaytirmagan holda ham Özbekistonning imkoniyatlari juda yuqori, – deydi muallif. – Futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasini «Oq börilar» deb ataşadi. Mamlakat boş jamoasi Markaziy Osiyoda eng kuçli va Osiyo futbolida eng tez rivojlanayotgan jamoalardan biridir».
Naşrda, şuningdek, Özbekistonning turli yoşdagi terma jamoalari sönggi yillarda yaxşi natijalar körsatayotgani ta’kidlangan. «Masalan, ötgan yilning noyabr oyida qit’a miqyosida yarimfinalga çiqqan Özbekiston U-17 terma jamoasi Indoneziyada ötkazilgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatida qatnaşdi va Angliya terma jamoasini sensatsion tarzda mağlub etdi», – deya ma’lum qilingan manbada.
ESPN Özbekiston mustaqillikka erişganidan buyon biror marotaba jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritmaganini ham urğulagan. Vaholanki, Özbekiston terma jamoasi 1996 yildan beri har bir Osiyo kubogi finaliga yöllanma olmoqda va 2004 yildan buyon barça turnirlarda pley-off bosqiçiga yöl olyapti, jumladan, 2011 yilda yarim finalga çiqqan.
«2023 yil sentabr oyida Özbekiston örtoqlik maqomidagi bahsda AQŞga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Meksika bilan esa murosa yölini tanladi. Qayd etiş kerakki, Özbekiston «Oq börilari» Şimoliy Amerikaga revanş oliş uçun yana qaytiş ilinjida», – deb yozgan ESPN.












