Qur'oni karimning bir neça surasida Parvardigor Yerga aniq bir ölçovda yoğin yoğdirişini zikr etgan. Agar Alloh taolo bir yilgina Yerga umuman qor-yomğir yoğdirmay qöysa yoki keragidan ortiqça yoğdirsa, buning oqibati nima bilan tugaşini hatto tasavvur qiliş qiyin. Buning ölçovi, miqdori Parvardigorning yolğiz öziga ayon. Qur'oni karim oyatlarida suv, uning foyda va samaralari haqida oltmişdan ziyod örinda zikr etilgan. Bu oyati karimalardan Alloh taoloning Yer yuzida unib-ösişga, hayot keçirişga qobiliyati bölgan insonlar, hayvonlar va nabotot olamini obihayot — suvdan yaratgani ma'lum böladi.

Şuning uçun ham atrof-muhitni va uning muhim zaxiralarini, jumladan, eng muhim ilohiy ne'matlardan biri — suvni ehtiyot qiliş, asrab-avaylaş alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi.

RIVOYaT

Kunlarning birida Horun ar-Raşid harbiy safarga çiqdi. Yonida dono vazirlaridan Ibn Sammok bor edi. Yölda juda çanqagan hukmdor betoqatlik bilan suv söradi. «Xudo haqqi, biroz sabr qiling», dedi Ibn Sammok. Keyin közada suv uzata turib qaytib oldi va: «Faraz qiling, uşbu suvdan man qilindingiz, uni içiş uçun nimangizni berardingiz?», deb söradi.

-  Mulkimning yarmini bergan bölardim.

Hukmdorning taşnaligi qonganidan keyin dono vazir yana söradi:

-  Mana, suvni ham içdingiz. Endi Rasululloh(s.a.v)ga yaqinligingiz hurmati, ayting, öşa suv vujudingizdan qaytib çiqmadi, ya'ni peşobingiz tutilib qoldi deylik. Uning qaytib çiqişi uçun nima qilardingiz?

-  Mulkimning qolgan yarmini berardim.

Şunda Ibn Sammok: «Bir qultum suv va uni çiqarib taşlaşga ham arzimaydigan mol-mulk uçun özini tahlikaga otiş, talaşib-tortişiş, unga ega bölib quvoniş aqlli odamga yaraşmaydi», dedi. Bu sözlardan Horun ar-Raşid qattiq ta'sirlanib, harbiy yurişni bekor qildi. 

Rahmatulloh SAYFUDDINOV,
Yunusobod tumani boş imom-xatibi,
Toşkent Islom Instituti öqituvçisi,
«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi