Inson qiladigan har bir işning natijasi uning oqibati bilan belgilanadi. Şuningdek, insonning yaşab ötgan hayoti mazmuni ham uning sönggi lahzalari bilan belgilanadi. Sahl ibn Sa'd Söidiy roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, amallar xotimasiga boğliq», dedilar (Buxoriy rivoyati).
Audio versiya (Tas-IX )
Demak, bu dunyoda qilingan amallar hosili umr söngida ma'lum böladi. Şu bois inson hayoti qanday yakun topişi haqida ba'zi bir alomatlar ham keltirilganki, şunga qarab uni «yaxşi» yoki «yomon» degan xulosaga kelinadi. Ya'ni, hayot vaqtida inson yaxşi amallarni bajarişga beparvo va loqayd bölib, umri poyoniga yetganda şunday işlarga ulguraman degan kişi adaşadi. Köpinça qarib, ölimi yaqinlaşgan inson bu dunyoda qanday hayot keçirdim, nimaga erişdim, deb yaşab ötgan umrini bir-bir köz oldidan ötkazadi. Aslida, bu töğri emas. Inson hayotining har kunini öz amallarini taftiş qilib, sarhisob etişi lozimligi manbalarda aytilgan. Ammo inson hayotining qanday xotima topişi heç kimga ma'lum emas. Demak, inson butun hayoti davomida yaxşi amallarni qilişga harakat qilmas ekan, oxirgi afsus-nadomat heç qaçon foyda bermaydi. Inson hayoti yaxşi xotima topişi uçun u butun umri davomida tayyorgarlik körişi kerak. Çiroyli xotima topişning bir qança alomatlari bor:
1.Insonning oxirgi sözi şahodat kalimasi bölişi.
Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan keltirilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning oxirgi sözi «Laa ilaha illalloh» bölsa, jannatga kiradi», dedilar (Abu Dovud va Hokim rivoyati). Şuning uçun vafoti yaqinlaşgan insonga bu kalimani zikr qiliş eslatiladi. Bu kalimaning uluğligi şundaki, u inson umrining butun mohiyatini özida jamlaydi.
2.Insonning jon çiqar paytda peşonasidan ter çiqişi.
Bu haqda Burayda ibn Xasib Aslamiy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam şunday deganlar: «Mömin peşona teri bilan öladi»
Mavzuga oid
(Ibn Hibbon rivoyati).
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu: «Möminda gunohlaridan birortasi qolsa, ölim paytida unga jazo sifatida peşonasi terlaydi», deganlar. Ya'ni, bu gunohi oz qolgani va bor bölsa ham, u şu tufayli yuvilib ketganini bildiradi. Sufyon Savriy rahmatullohi alayh: «Sahobalar jon berayotgan odamning terlaganini yaxşi körar edilar», deb aytgan.
3. Alloh taoloning bandani ölimi oldidan yaxşi amallarni qilişga muvaffaqqilib qöyişi.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi şarifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh bir bandaga yaxşilikni iroda qilsa, uni (bir) amalga yönaltirib qöyadi», dedilar. (Şunda sahobalar): «Ey Allohning Rasuli, qanday qilib yönaltiradi?» deyişdi. U zot: «Ölimidan oldin uni yaxşi amal qilişga muvaffaqqiladi», dedilar (Buxoriy va Muslim rivoyati).
4. Alloh roziligini istagan holda röza tutib yoki sadaqa berib, öşa kuni vafot etiş.
Huzayfa ibn Yamoniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Laa ilaha illalloh»ni aytib, (ya'ni şu sözni aytiş bilan uning hayoti) nihoya topsa, jannatga kiradi, kim Allohning yuzini istab sadaqa berib, (sadaqa bergan kuni) hayoti nihoyasiga yetsa, jannatga kiradi, kim Allohning yuzini istab (bir) kun röza tutsa, (rözador holida uning hayoti) nihoyasiga yetsa, jannatga kiradi», dedilar» (Ahmad rivoyati). Sahobalar va tobe'inlar hayotini kuzatsak, ulardan aksariyati ölimi arafasida röza tutganlariga guvoh bölamiz. Ularning orasida şunday kunda butun molini sadaqa qilib, tarqatganlari ham uçraydi.
5. Yaxşi insonlar mayyit orqasidan çin dildan yaxşi sözlarni aytib maqtaşlari.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Sahobalar bir janoza oldidan öta turib, mayyitni yaxşi sözlar bilan maqtaşdi. Şunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Vojib böldi», dedilar. Söngra boşqa janoza oldidan ötib, mayyitni yomon sözlar bilan qoralaşdi. U zot yana: «Vojib böldi», dedilar. Umar roziyallohu anhu: «Nima vojib böldi?» – dedilar. U Zot: «Sizlar yaxşi deb maqtagan kişiga jannat, yomon degan kişiga dözax vojib böldi. Sizlar Allohning yerdagi guvohlarisiz», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Bir kişi vafot etsa, uning yomon amalini bilsak ham, yomonlaşga tuşiş töğri emasligi, aksinça, uning yaxşi xislatlarini tilga olib, yomonlaşdan tiyiliş kerakligini mana şu hadisi şarifdan anglab olişimiz mumkin.
6. Ota-onaning xizmatida yurib, ularni rozi qiliş.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi şarifda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Rabbning roziligi ota-onaning roziligidadir. Rabbning noroziligi ota-onaning noroziligidadir», dedilar (Termiziy rivoyati).
7. Allohning toatida bardavom bölib, dinda mustaqim böliş, gunohlardan hazar qiliş hamda şirk, riyo va kibr kabi illatlardan saqlaniş.
Alloh taolo aytadi: «Albatta: «Rabbimiz – Alloh», – deb söngra töğri bölgan zotlar huzuriga (ölim paytida) fariştalar tuşib (derlar): «Qörqmangiz va ğamgin ham bölmangiz! Sizlarga va'da qilingan jannat xuşxabari bilan şodlaningiz! «Dunyo hayotida ham, oxiratda ham biz sizlarning döstlaringizdirmiz. Sizlar uçun (jannatda) köngillaringiz tilagan narsalar va sizlar uçun u joyda istagan narsalaringiz muhayyodir» («Fussilat» surasi, 30–31‑oyatlar).
8. Keçqurun uyquga yotişda sunnatda kelgan zikrlarni aytib, oxirida uşbu duoni aytib yotiş ham yaxşi xotima alomatidir.
Baro ibn Ozib roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh alayhissalom menga: “Töşagingga kelganingda, namozga tahorat qilganingdek tahorat qil, söng öng tomoningga yonboşlab:
“Alohumma aslamtu nafsiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja`tu zohriy ilayk, roğbatan va rohbatan ilayk, laa malja`a valaa manjaa minka illa ilayk, amantu bikitabikallaziy anzalta va nabiyyikallaziy arsalta”, ya'ni: “Yo Alloh, nafsimni senga taslim etdim. Işimni Senga topşirdim. Sening ne'matingga rağbat qilib, ğazabingdan qörqib, Senga suyandim. Sendan boşqa qoçadiganim ham, najot topadiganim ham yöq. Nozil qilgan kitobingga va yuborgan payğambarlaringga imon keltirdim”, deb ayt. Agar vafot etsang, Islom fitratida ölasan. Yotişdan oldin oxirgi aytadiganing şu bölsin”, dedilar”. (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhu şogirdi Mujohidga nasihat qilib: «Tahoratli holda uxla, çunki ruhlar qanday holda qabz qilinsa, öşa holatda qayta tiriltiriladi», dedi. Ibn Abbos roziyallohu anhuning bu nasihatlari barça musulmonlar uçun ibratlidir. Axir, qançadan-qança odamlar uyqudan uyğonmasdan, bu dunyoni tark etmoqda.
Allohim! Umrimizning oxiri yaxşi xotima topişini nasib etgin!
Yomon xotima topiş baxtiqarolikdir. Alloh bunday xotimani heç bir mömin bandasiga ravo körmasin, zero yomon xotimaga yöliqişdan juda ehtiyot bölib yaşaş kerak. Buning uçun har doim oxiratni eslab, har bir işi uçun ertaga savol‑javob borligini öylab qilmoği lozim böladi. Ayniqsa, gunohlarni kiçik yoki arzimas deb beparvo böliş, dunyoga muhabbat qöyib, halol-haromni ajratmaslik va oxiratni unutib yaşaş yomon oqibatga sabab böladi. Şuningdek, iymon zaifligi tufayli Rabbidan yuz ögirib, gunoh işlarga jur'atli bölib qoliş ham maş'um xotimaga olib keladi. Buning yuzasidan ba'zi ulamolar şunday maslahat beradilar: «Ibodatda mustahkam, içu taşini isloh qilib yurgan odam yomon xotimaga yöliqmaydi. Balki aqidasi buzuq va gunoh işlarni qilib, tavbani keçiktirgan odam hayotini yomonlik bilan yakunlaydi. Bunday xotima topişni istamagan kişiga eng foydalisi keçki uyqudan oldin biroz ötirib, şu kuni qilgan amallari, öz nafsini hisob-kitob qilib, uni taftiş etişidir. Qaysi bir işi savobli bölsa, ertasiga öşani takror qilişi, agar aksinça bölsa, uni ertasi aslo qilmaslikdir. Şunday qila olsa, tavbasini yangilab, şu keça xotirjam uxlaydi. Har keça uyqusi oldidan şunday qilsa, öşa keçasi vafot etsa, gunohlardan poklanib, tavba bilan vafot etadi. Agar şunday qila olmasa, gunohlari yuvilmay qoliş ehtimoli yöq emas. Bu esa oxirati uçun zarardir. Binobarin, banda uçun bundan köra foydali tavba yöq. Şuningdek, tavba orqasidan uyqu oldida aytiladigan zikrlarni aytsa, foydadan xoli bölmaydi. Kimga Alloh yaxşilikni iroda qilsa, mana şu amalga muvaffaq qilib qöyadi». Ibn Kasir rahmatullohi alayh: «Albatta, gunohlar, osiylik va dunyoga ruju qöyiş kabilar ölim paytida öz egasining yomon ölim topişiga sababçi böladi», deydi. Ulamolar yomon xotima topiş sabablariga namozga beparvolik, harom luqma yeyiş, mast qiluvçi içimliklarni iste'mol qiliş, ota-onaga oq böliş, zino va fahş işlarga beriliş, sehr jodu bilan musulmonlarga zulm qiliş va şu kabi yomon amallarni misol qiladilar. Yomon xotima topiş alomatlaridan biri şuki, bunday insonni şayton yöldan urişga erişib, oxirgi nafasida uni aldab, fitnaga soladi. Bunga ikki aka-uka qissasi misol böla oladi. Qadim zamonda qirq yildan buyon toat‑ibodatda yurgan solih, mömin aka bilan gunohkor, osiy va fosiq uka birga yaşab kelişar ekan. Kunlarning birida akaning qalbiga şayton kirib: «Qirq yildan beri Allohga ibodat qilasan. Yetar endi. Ukang qirq yildan buyon kayfu safoda. Sen ham ozgina gunoh qilsang, nima böpti?» deya vasvasa qildi. Şunça yil tinmay ibodatda yurgan akaning könglida şaytonning bu vasvasasiga moyillik paydo böldi va fikri buzilib, gunoh işga yöl qöydi. Ukasi esa umr böyi faqat gunoh işlar qilganidan afsuslanib, insofga kelibdi: «Men qirq yildan beri gunoh işlar qildim. Allohdan şunça yuz burib yurganim yetar, bugundan boşlab tavba qilganim bölsin», dedi. Natijada, aka tösatdan vafot etib, niyati gunoh tomonga burilgani sababli ziyon kördi. Gunohkor uka tavbasi tufayli ölimi oldidan bölsa ham, najot topdi. Qissadan hissa şuki, amallar oxiriga qarab qadr topadi. Ammo inson har qança ibodat qilsa ham, bitta gunohi tufayli hammasi barbod bölişi mumkin. Şuning uçun baribir oxiri çatoq, undan köra qandingni urib qol, vaqti kelsa, bitta savobli işing yo tavbang bilan hamma gunohlaring yuvilib ketadi, degan xulosaga keliş töğri emas. Birinçidan, ölim qay vaqtda kelişi heç kimga ma'lum emas. Ikkinçidan, yaxşi amallarni qilib yurib, oxirida gunoh tomonga buriliş kişi qalbida boşqalar bilmagan kirlik tufayli sodir böladi. Alloh taolo bu yaşirin illatni şu dunyoning özida oşkor etib qöyiş uçun uni şunday baloga giriftor etadi. Taşqaridan qaralsa, ba'zi gunohlarni qilib yursa ham, qalbi tubida öşa gunohiga nafrat tuyib, tavba qilişni çin dildan istagan kişi qalbidagini Alloh taolo yuzaga çiqarib, keyin unga ölimni yuboradi. Asosiysi, banda yomon xotima topişdan qörqib, Alloh taoloning yölidan oğişmay ibodatda bölişi va tavbaga şoşilişi darkor. Şuning uçun ham Nabiy alayhissalom mana bu duoni köp öqiganlari aytiladi: «Ey qalblarni özgartirib turuvçi Zot, qalbimni diningda sobitqadam qilgin!» (Termiziy rivoyati). Duoning öqilişi: («Yaa muqollibal quluub sabbit qolbiy 'ala diynika»)
Ammo gunoh işlarni qilib, tavbani orqaga suriş mömin odamning işi emas. Agar u bila turib tavba qilmasa, Allohga yöliqişdan qörqib hayot keçiradi. Alloh taolo ham bunday bandaning öziga röpara bölişini aslo istamaydi. Oişa roziyallohu anhodan keltirilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga yöliqişni yaxşi körsa, Allohham unga yöliqişni yaxşi köradi. Kim Allohga yöliqişni yomon körsa, Allohham unga yöliqişni yomon köradi», dedilar (Ibn Moja rivoyati).
Hayotda şunday kişilar borki, hamma undan bezor. Çunki u öz nafsiga yoqqanini qilib, boşqalar bilan hisoblaşib ötirmaydi. Bunday kişining vafoti tiriklar uçun musibat emas, balki rohatdir. Bu ham yomon xotima topiş alomatidir. Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlaridan janoza ötib qoldi. U zot: «Xalos bölibdi yoki undan xalos bölişibdi», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, xalos bölgani nimayu, undan xalos bölişgani nima?» deyişdi. U zot: «Mömin banda dunyoning maşaqqatu ozorlaridan Allohning rahmatiga ötib qutuladi, u xalos bölganidir. Fojirdan esa şaharlar, odamlar, daraxtlar va hayvonlar qutulişadi, undan xalos bölişgani şu», dedilar (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Alloh taolo barçamizni yomon oqibatdan asrasin, bizni dunyo şarmandaligi va oxirat azobidan Özi saqlasin!