Alloh taolo yaratgan kunlarning eng afzali juma kunidir. U kunning uluğ fazilatlari bor bölib, quydagiça sunnat va odoblarga taqsimlanadi.

1) Ğusl qiliş: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam şunday deganlar: “Juma kuni ğusl qiliş har bir baloğatga yetgan kişining burçidir”.

 (Imom Buxoriy (879) rivoyati)

2) Poklaniş: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam şunday deganlar: “Kim juma kuni ğusl qilsa, qölidan kelganiça poklansa, soçini yoğlasa, uyidagi atirdan sepsa, söng masjidaga borib, odamlar orasidan hatlab ötmasa, söng istaganiça nafl öqisa, söng imom xutba qilayotganida jim turib tinglasa, albatta, Alloh taolo uning kelasi jumagaça bölgan gunohlarini keçiradi”.

(Imom Buxoriy (883) rivoyati).

Bu muborak hadisda juma kuni ğusl qiliş bilan birga poklaniş ham zikr qilindi. Mazkur hadisda şunday ta'lim olişlik kelib çiqadiki, hadisda zikr qilingan poklanişdan maqsad faqat ğusl qiliş emas, balki boşqa ruhiy va ma'naviy jihatdan kelib çiqadigan işlarni ham qiliş ekan. Şunga binoan, juma kuni avrat va qöltiq tuklarini tozalaş, tirnoqlarni oliş hamda möylabni qisqartiriş juma kunining odoblaridan sanaladi.

Ba'zilar poklaniş niyatida juma kuni soqolini ham qirtiçlab oladi. Lekin bu juda ham katta xato.

Şuningdek, ayrim oyoği hidlanadigan kişilar doimo, xususan, juma kuni imkon qadar şu işning oldini olişga harakat qilişlari maqsadga muvofiq böladi; çunki masjidga borganda namozxondan noqulay hidlar çiqmasligi kerak va boşqa namozxonlarni ham ozorlantirmasliklari zarur.

3) Atir sepiş: jumaga borganda odamlarga turli xil yoqimsiz hidlar bilan ozor bermaslik uçun atir sepiş şu kunning sunnatlaridan sanaladi;

4) Eng çiroyli kiyimlarni kiyiş va soçni yoğlaş: musulmon kişi juma namoziga borganda faqat qalbi emas, balki taşqi körinişlari ham gözal bölişi lozim. Şuning uçun juma namoziga borişdan oldin eng çiroyli kiyimlarini kiyişi va agar soç uzun bölsa, soç uçun işlatiladigan maxsus yoğlar yordamida uni tartibga keltirib oliş ham sunnatdir;

5) Misvok işlatiş yoxud tişni yuviş: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda