Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Şarqiy Afrika davlatlariga taşrifi oldidan matbuot-anjumani ötkazdi. Erdöğan Tanzaniya, Mozambik va Madagaskarda böladi.

"Biz Afrika davlatlari hukumatlari, jumladan Tanzaniya va Mozambik yetakçilari bilan Afrika qit'asida Fathulla Gulen terrorçi oqimining şeriklariga qarşi kuraşişni muhokama qilamiz", deb aytdi Erdöğan.   

Erdöğan AQŞning ma'muriyati özgarganiga ham e'tibor qaratdi. Uning aytişiça, AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp Turkiya hozirda sinçkovlik bilan örganayotgan bir neçta bayonotlar qilgan. "Turkiyani Yaqin Şarqdagi vaziyat, xususan, Tramp ma'muriyatining bu mintaqa böyiça pozitsiyasi qiziqtiradi. Bugungi kunda Yaqin Şarq olov içida. Turkiya rahbariyatiga bu mintaqa böyiça ba'zi gaplar yetib kelmoqda va bu Anqarani taşvişlantiradi. Bularning barçasi muhokama qilinişni talab qiladi", deb aytdi Erdöğan.  

Erdöğanning aytişiça, Turkiya har bir davlatning hududiy yaxlitligi hurmat qilinadigan Yaqin Şarq tarafdori.

"Anqara mintaqaning bölinişiga qarşi. Bu notöğridir va birinçi navbatda mintaqa xalqlariga hurmatsizlikdir. Turkiya mintaqa xaritasini özgartirişga urinişlarni qöllab-quvvatlamaydi", deb ta'kidlab ötdi Turkiya prezidenti.

Erdöğanning aytişiça, Turkiya Yaqin Şarqning eng kuçli  davlati va u bu yerdagi jarayonlarning borişiga ta'sir körsatadi. 

"Yaqin Şarqqa aloqasi bölmagan biror bir kimsa mintaqaning öziga xosligi va adolat omilini hisobga olmaydigan qaror qabul qilsa, bu butun dunyo va insoniyat uçun salbiy oqibatlarga olib keladi", deb ta'kidlamoqda Erdöğan.