Xitoyda mamlakatga qaytgan ikkita poraxör amaldorlardan biri umrbod ozodlikdan mahrum etildi, ikkinçisi esa sakkiz yilga qamaldi. Bu haqda Xitoy kommunistik partiyasi tartib-intizomni tekşiriş böyiça markaziy komissiyasi xabarida aytiladi.
Tszyansi viloyatidagi Şanjao şahrida Poyan aholi punkti moliya boşqarmasi amaldordi Li Xuabo davlat pulini ömargani uçun umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Şuningdek, u barça siyosiy huquqlardan mahrum etilib, mol-mulki davlat hisobiga ötkaziladi. Li Xuabo 2011 yildan beri Singapurda yaşirinib kelayotgandi, biroq 2015 yilning may oyida Xitoyga ekstraditsiya qilindi. Xabar qilinişiça, amaldor öz aybiga töla iqror bölib, qilmişidan puşaymon bölgan.
Lyaonin viloyatidagi Loyan şahrida esa şahar qömitasining sobiq kotibi Van Gotsyan sakkiz yilga qamaldi. Unda kelib çiqişi noma'lum bölgan “juda ham köplab mablağlar” topilgan. Van Gotsyan 2012 yilda AQŞga qoçib ketgandi, biroq 2014 yilning dekabr oyida Xitoyga öz xohişi bilan qaytib keldi. Xabar qilinişiça, amaldor öz aybiga iqror bölib, qilmişidan puşaymon bölgan. Barça ömarilgan mablağlar esa tölaligiça davlatga qaytarildi.
Xitoy jamoatçilik xavfsizligi vazirligi ötgan yilning may oyi boşlarida korrupsiya yoki lavozim jinoyatlarida gumon qilingan kişilarni qidiriş böyiça yangi kampaniya haqida ma'lum qildi. Kampaniyaga "Tulkilarni ovlaş-2016" nomi berildi. Vazirlik avgust örtalarida Xitoy huquqni muhofaza qiliş organlari maxsus tadbir davomida qidiruvda bölgan va çet elda yaşiringan 409ta fuqaroni qölga olgani haqida xabar berdi.











