Ma'muriy-buyruqbozlikning ortiqça maşmaşalari, elektr va gaz ta'minotidagi uzilişlar va boşqa muammolardan erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yurituvçi tadbirkorlar ham xoli emas. Bu kabi muammolar haqida Özbekiston Savdo-sanoat palatasida bölib ötgan navbatdagi yiğilişda oşkora söz yuritildi. Yuqorida qayd etilgan muammolar, Özbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan «„Urgut“, „Ğijduvon“, „Qöqon“ va „Hazorasp“ erkin iqtisodiy zonalarini taşkil etiş töğrisida»gi farmonidan söng yanada dolzarblik kasb etmoqda. Bu haqda Gazeta.uz sayti yozmoqda.  

Özbekiston biznesi vakillarining fikriça, yangi EIZlarga sarmoyadorlarni jalb qiliş uçun, dastavval mavjudlaridagi (Özbekistonda «Navoiy», «Jizzax» va «Angren» EIZlari faoliyat yuritadi) muammolarni bartaraf etiş darkor. 2016 yil oktabr oyida Davlat rahbarining «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollaştiriş va kengaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» farmoni bilan avvalgi imtiyozlar bekor qilingan. Bu haqda bojxona röyxatidan ötkaziş böyiça navoiylik mutaxassis Yunus Otaboyev ma'lum qilgan.

«Prezident farmoni çiqdi, u aslida bizning faoliyatimizga ijobiy ta'sir körsatişi lozim edi. Biroq, hujjat çiqişi bilan bizdan bojxona tölovlari va soliqlarni töliq hajmda talab qila boşlaşdi. Yangi me'yoriy hujjatlar çiqsa, ular yoki işlamaydi, yoki boşqa hujjatlarga zid keladi. Sizdan Navoiyga kelib, mahalliy tadbirkorlarning muammolarini tinglaşni söraymiz», — deya taklif bildirgan Otaboyev.

Davlat bojxona qömitasi bölim boşliği Jasur Saidaliyev bunday holatlar mavjudligini tan olgan. Farmon bandlaridan birida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xom aşyo va uskunalar, materiallar bojxona tölovlaridan ozod qilinişi haqida söz boradi. Biroq, ayni röyxatning mavjud emasligi sabab, bojxona organlari tadbirkorlarga imtiyozlarni taqdim eta olmayapti. DBQ vakilining aytişiça, hujjatga yaqinda tuzatişlar kiritilgan, ular tez orada kuçga kiradi. Ortiqça xarajatlar esa egalariga qaytariladi.

Umuman, yiğilişda «Özbekenergo» va «Öztransgaz» vakillariga eng köp tanqid yoğildi. «Özvinosanoatxolding» vakili Temur Taştanovning sözlariga köra, işlab çiqaruvçilar uçun eng dolzarb muammo bu — elektrenergiyasi va gazni uzluksiz yetkazib beriş böyiça kafolatning yöqligidadir.

«Biz bu masalada tez-tez muammolarga duç kelamiz. Masalan, mahsulot işlab çiqariş jarayoni örtaga yetganida yoruğlik manbai öçadi. Uç kundan keyin masala hal, ammo, mahsulot ham yaroqsiz holga kelib böladi