Germaniya kansleri Angela Merkel dunyo yangi tarixiy davrga kirayotganini aytdi. Şu bilan birga u populizm, qutblilik va yakkalaş emas, balki oçiqlik globalizatsiya kabi muammoning yeçimi bölişini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Fikrimça, Germaniya birlaşgandan, Sovuq uruş yakunlangandan çorak asr ötib, yangi tarixiy davr boşqasining örnini egallaydi", deb aytdi Merkel.
"Biz qutblilik va populizm yöli bilan muammolarni hal qilişga urinib heç narsaga erişmaymiz. Biz millatimizning asosiy tamoyillariga amal qilişimizni körsatişimiz kerak", deb qöşimça qildi Merkel.
Avvalroq Germaniya taşqi işlar vaziri Frank-Valter Ştaynmayyer Donald Trampning AQŞ prezidenti etib saylanişini 20-asrdagi dunyo tuzilişiga çek qöygan davr deb atagandi. Uning aytişiça, "Trampning saylanişi bilan 20-asrning eski olami nihoyat ötmişda qoldi".

















