Oq uy öz saytining ispan tilidagi versiyasini yopiş qarori Ispaniyada tanqidga uçradi.
Ispan tili qirollik akademiyasi bu qadamni "salbiy" deb atadi. "Bu bizni 1990-yillar oxiridagi bahslarga qaytaruvçi sezilarli qaytişdir", deb aytdi akademiya direktori Dario Vilyanueva Cadena SER radiostansiyasi efirida.
Uning fikriça, bu ispanzabon amerikalik fuqarolarning hukumat qarorlariga kirişini çeklaydi. "Şubhasiz, bu muhim va salbiy holatdir. Biroq ispan tilining AQŞda mavjudligi bu bilan töxtab qolmaydi, kamçilik 50 mln kişini taşkil qiladi", deb aytdi akademiya rahbari.
Vilyanuevaning aytişiça, ötgan yili akademiyaning saytidagi 32 mln onlayn-murojaat AQŞ hududidan amalga oşirilgan. Bundan taşqari, Vilyanueva AQŞ konstitutsiyasiga köra, AQŞda biror til rasmiy til sifatida belgilanmaydi.
Ispaniya adliya vaziri dunyoning ispanzabon aholisi öz ona tilisini oxirgi vaqtlarda iber-amerika jamiyati duç kelayotgan muammolar oldida himoyalaşi kerakligini aytdi.
Uning aytişiça, ayni vaqtda butun dunyoda ispan tilida sözlaşuvçi 560 mln kişi yaşaydi, 2020 yilga kelib ularning soni 750 mln gaça yetadi.












