AQŞ prezidenti Donald Tramp Dakota Access Pipeline va Keystone XL neft quvurlari qurilişini qayta boşlaş haqidagi farmoyişni imzoladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lum bölişiça, neft quvurlari qurilişi atrof-muhit himoyaçilarining noroziliklari sababli avvalgi ma'muriyat tomonidan töxtatib qöyilgandi.

Dakota Access Pipeline neft quvuri qurilişi 3,8 mlrd dollarga aylanadi va u orqali Şimoliy Dakota ştatidan Illinoys ştatiga neft yetkaziladi.

Ötgan yil noyabrida Şimoliy Dakota hindulari neft quvuri qurilişiga qarşi çiqqanlari ma'lum qilingandi.