2020 yilda Birlaşgan Arab Amirliklarining "Umid" nomli zondi qöşni sayyora – Marsga uçiriladi. Bu haqda dasturning loyiha-menejyeri Omran Şarif Dubayda bölib ötgan Project Space Forum anjumanida ma'lum qildi.
Zondning "qizil sayyora"ga parvozi 7 oy muddat davom etişi kerak. Rejaga köra, qurilma Mars orbitasiga 2021 yilda yetib boradi.
BAA federal fazoviy agentligi 2014 yilda taşkil etilgan edi. Öşanda mamlakat hukumati, arab davlatlari orasida birinçi bölib Marsga kosmik zondni yuboriş rejasini bildirgandi.
Dastur maqsadi Mars iqlimi va atmosferasi haqidagi bilimni kengaytirişdan iborat. Töplangan va Yerga yuboriladigan ma'lumotlar hajmi 1 terabaytni taşkil etadi. Loyihada 70 nafar mahalliy olim va muhandislar faoliyat yuritadi. 2020 yilga kelib ularning soni 150 nafarga yetadi.












