Google kompaniyasi Google I/O işlab çiqaruvçilari anjumani sanasini e'lon qildi. Tadbirda asosiy örin - Android O taqdimotiga bağişlanadi.
Google I/O – qidiruv giganti an'anaviy ravişda özining yangi servislarini namoyiş etuvçi anjuman bölib, ötgan yilgi bunday tadbirda Android N va yangi mobil operatsion tizimiga möljallangan virtual reallik platformasi, Allo messenjeri, Android Wear 2.0 olib yuriluvçi uskunalar uçun operatsion tizim, şuningdek Google Yordamçi, Google Home uy yordamçisi, Google Foto, Duo videoqönğiroqlar servisi taqdim etilgan. Bu yilgi tadbirdan esa yanada köproq yangiliklarni kutişmoqda.

Google I/O 2017 17 may kuni boşlanib, uç kun davom etadi.
Tadbir AQŞning Kaliforniya ştatida joylaşgan Mauntin-Vyudagi Google qarorgohidan unça uzoqda bölmagan biznes-markazda ötkaziladi.
Birinçi kuni yangi Android Öning taqdimoti bölişi kutilmoqda. Şuningdek, ekspertlar kompaniya Chrome OS yangi imkoniyatlari haqida gapirib berişlari va biznes, köngiloçar sohalar hamda aqlli uyga möljallangan boşqa mahsulotlarni taqdim etişini başorat qilmoqda.
Google I/O 2017 anjumani sayti işga tuşirildi, biroq unda hozirça heç qanday ma'lumot yöq.











