Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Davlat dumasining "hukumat soati"da çiqiş qilar ekan, Rossiya va AQŞ munosabatlarining istiqboli haqida fikrlarini bildirdi. Ammo, uning sözlariga köra, rasmiy Moskva Vaşington bilan munosabatlarda yangi "kuçaytiriş" bölişiga doir xomxayolga berilgani yöq. 

"Biz buni kutayotganimiz yöq. Bilamiz, Tramp kelişuvlarga erişiş böyiça usta, biroq, Vladimir Putin ham kelişa oladi — va har doim Rossiya manfaatlarida", — degan Lavrov.

"Vaşington bilan özaro hamkorlikni tiklaş uçun vaqt va jiddiy işlaş talab etiladi", - deya qayd etgan TIV rahbari. 

Lavrovning qöşimça qilişiça, Rossiya tomoni Trampning boşqa davlat içki işlariga aralaşmaslikka doir avval bergan bayonotiga sodiq qolişiga umid qilmoqda.