Fransiyaning «Marsel» futbol klubi avval «Yuventus»da töp surgan himoyaçi Patris Evra jamoaga kelib qöşilganini rasman ma'lum qildi.

35 yoşli fransiyalik futbolçi bilan 18 oyga möljallangan şartnoma imzolandi.

Evraning «Yuventus» bilan şartnomasi 2017 yilning yozida öz nihoyasiga yetişi kerak edi. Joriy transfer oynasi vaqtida esa himoyaçi «Valensiya», «Kristal Pelas», «Lion» va «Mançester Yunayted» klublaridan biriga ötişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqaldi.

Evra «Yuventus»ga 2014 yilning iyulida ötib, Italiya jamoasi safida 82 uçraşuv ötkazdi.

Ma'lumot uçun, Fransiya terma jamoasi uçun 81 öyinda maydonga tuşgan Evra 2006 yilda Fransiyaning «Monako»sidan «Mançester Yunayted»ga ötgandi.