AQŞ prezidenti Donald Tramp çegarani muhofaza qiliş va immigratsiya haqidagi farmonlarni imzoladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Oq uy matbuot kotibi Şon Spayser bu farmonlar çegarada tösiqlar quriş, jinoiy ötmişga ega noqonuniy muhojirlarni ommaviy ravişda çiqarib yuboriş, muhojirlarni federal hukumatlarga topşirişdan boş tortuvçi şaharlarni federal byudjyetdan moliyalaştirişni töxtatiş kabi çoralarni öz içiga olişini aytgan.
Uning aytişiça, AQŞdan uning hududida noqonuniy ravişda bölgan va jinoyatçilik uçun sudlangan odamlarni çiqarib yuboriş ustuvor böladi. Ular belgilangan jazoni ötab bölganlaridan keyin qöllariga "asl yurtlariga pattalari" tutqaziladi. Spayserning aytişiça, davlatlar öz fuqarolarini qabul qilişlariga töğri keladi, yöqsa ularning boşqa fuqarolariga viza berilmaydi.












