Apple kompaniyasi top-me¬ne¬jye¬rlari Hindiston hukumati vakillari bilan mamlakatning axborot texnologiya markazi hisoblanuvi Bangalo¬r şhrida iPhone işlab çiqariş rejasini muhokama qiliş uçun uçraşişdi. Hindiston savdo vazirligi uçraşuv bölganini tasdiqladi, biroq uning mavzusini aytişni istamagan.  

Times of India naşri ma'lumotlariga köra, Apple öz zavodini Tay¬vanning Wistron kompaniyasi bilan hamkorlikda qurişi mumkin. Kompaniyaning smartfonlar global savdosi oşmayapti va şu sababli u Hindistonda ta'sirini oşirmoqçi.   

Hozir Apple öz smartfonlari va boşqa mahsulotlarini hindistonlik distribyutorlar orqali sotmoqda va u bozordagi uluşi böyiça Samsung hamda Xitoyning Xiaomi, Oppo va Lenovo kabi brendlaridan ortda qolmoqda.

Hindistonda smartfon işlab çiqariş salohiyati juda katta. Ma'lumotlarga köra, Hindistonda smartfondan foydalanuvçilar soni bir yil içida 18 foizga, ya'ni 300 mln kişigaça oşgan.