Aston Martin 603 ot kuçiga ega Vanquish S superkarining modifikatsiyalangan modelini namoyiş qildi. Vanquish S ötgan yilning oxirida Los-Anjyeles avtokörgazmasida namoyiş qilingan edi. Yangi avtomobil an'anaviy Volante pristavkasi va yiğiluvçi tomga ega bölgan.
Kabriolet superkarga kupega örnatilgan motor joylangan. Bu 6 litr hajmli, 12 silindrga ega dvigatel bölib, sakkiz bosqiçli avtomatik uzatmalar qutisi vositasida işlaydi. Volante pristavkasining dinamik xususiyatlari hozirça oşkor qilinmagan, biroq, Vanquish S kupesi 3,5 soniyada «yuz»ga çiqa oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 323 kmni taşkil etadi.
«S» namunasi, odatdagi Aston Martin Vanquish modelidan 576 ot kuçidan 603 ot kuçigaça kuçaytirilgan dvigatel, qayta sozlangan podveska, köndalag barqarorlik stabilizatori, yangi aerodinamik tösiq, kuzovning ajoyib tuslari bilan farqlanadi.















