Dubayda 53 yoşli bangladeşlik baliq sotuvçi va uning ikki hamyurti Al Ras tumanida joylaşgan baliq dökonida giyohvand moddalar sotgani uçun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindilar.
2015 yil aprelda Dubay politsiyasining giyohvand moddalarga qarşi kuraş bölimi xodimlari sotuvçi öz dökonida ikki hamyurti yordamida giyohvand modda sotayotganini aniqlaşgan. Şu yilning 1 dekabrida politsiyaçilar dökonga bostirib qirib, ayblanuvçilarni hibsga olişgan.
"Dökon egasi politsiyaçilarga 5,5 kg köknor uruği solingan plastik paket va qutilarni öz qöllari bilan topşirgan", deb aytilmoqda xabarda.
Ma'lum qilinişiça, ayblanuvçi köknor BAAda taqiqlanganini bila turib, 6 oy davomida uni sotiş bilan şuğullangan.
Köknor yetkazib beruvçi deya taxmin qilingan kimsa ertasi kuni Al Sabkha tumanidagi dökonida qölga olingan. U ayblanuvçini tanişini va unga giyohvand moddalar sotganini rad etgan. Politsiya uning dökonida taqiqlangan moddalar aniqlay olmagan.









