Xitoydagi Syao Nan ismli robot-jurnalist bir soniyada bitta maqola yoza oladi. U Janubiy Xitoyning Guandun viloyatidagi "Nanfan duşibao" gazetasida "işlaydi". Sun'iy ong elementlari bölgan elektron qurilma yaratuvçilari sözlariga köra, u kiçik bölgan izohlar, şuningdek katta muharrirlik maqolalarini ham tayyorlaşi mumkin.

"U oddiy muxbirlarga qaraganda, kirib keluvçi ma'lumotlarni samarali qayta işlaşda köp foyda keltiradi. Uning asosiy xususiyati – tez maqola yozişi", - deya Pekin universiteti robototexnika sohasi mutaxassisi Van Syaotszyunning sözlarini keltiradi "Çjungo jibao" gazetasi.

Syao Nan özining birinçi maqolasini Xitoy taqvimi böyiça yangi yilga bağişladi. U 27 yanvar kuni nişonlanadi. Maqola mavzusi – ommaviy bayram tadbirlari vaqtida jamoat transportining yuklamasi. Millionlab kişilar bu vaqt mobaynida köplab safarlarga çiqadi hamda bu temir yöl, avtobus, dengiz va aviatransportdagi katta yuklamalarga olib keladi, deb yozgan robot.

Biroq robot-jurnalistda kamçiliklar ham bor. Van Syaotszyunning sözlariga köra, qurilma "hozirça muloqot qila olmaydi" – ya'ni, Syao Nan berilgan savollarga javob berib, ma'lum bir fikrni mustaqil ravişda bildirmaydi. Ammo işlab çiqaruvçilarning ta'kidlaşiça, robot "gazetalar va boşqa OAV faoliyatini muharrirlar hamda muxbirlarga yordam beriş orqali sezilarli darajada yaxşilaşi aniq".

Xitoyda keyingi vaqtlarda köplab yangi robotlar yaratilmoqda. Ulardan öyinlar, keksa va kasal insonlarga qaraş, ekskursiyalar ötkaziş va ma'lumotnomalar taqdim etişda, ayniqsa, samarali foydalanilmoqda. Ekspertlarning ta'kidlaşiça, ular kelajakda tibbiyot sohasida ham naf keltirişlari mumkin ekan.