Iroqning Naynava viloyatidagi Al-Kayayra şahri atrofidagi neft quduqlaridagi yonğinni mana 5 oydirki öçirib bölmayapti. 24 avgustda IŞID jangarilari bu yerdan çekiniş vaqtida 10 dan köproq neft quduğini yoqib ketgan.
Yonğinni öçiriş işlari davom etmoqda, körilgan ziyon esa millionlab dollarlarga qarab ketmoqda. Bundan taşqari, yonayotgan quduqlar aholi salomatligiga xavf solmoqda.
Öt öçiruvçilar yonğin öçoğini qum va suv qöllab öçirişmoqçi.
Ma'lum qilinişiça, bugungi kungaça 11 ta quduqdagi yonğin öçirilgan, yana 11 ta quduq yonişda davom etmoqda.
Iroqning North Oil Company kompaniyasi xodimlari jangarilar çekiniş vaqtida quduqlar yonida kamida 30 ta portlovçi qurilma portlatişgan, deb taxmin qilişmoqda.












