Ispaniyalik olimlar inson terisi bilan bir xil bölgan terini bosuvçi bioprinter yaratişdi, deb xabar bermoqda Science News Journal naşri.

Karlos III Madrid universiteti, Energetika, atrof muhit va texnologiyalar sohasidagi tadqiqotlar markazi hamda Madrid universiteti Gregorio Maranon şifoxonasi olimlari guruhi biologik materiallar qöllab bosuvçi 3D-printer yaratişdi. Tadqiqotlarning körsatişiça, olingan teri töliq funksionaldir hamda uni tibbiyot va transplantologiyada, maişiy kimyo va pardoz-andoz mahsulotlarini sinovdan ötkazişda işlatiş mumkin. 

Teri "biosiyoh"lar yordamida yaratiladi. Olimlardan biri Xuan Fransisko del Kanisoning aytişiça, teri qatlamma-qatlam, insonning haqiqiy terisi qurilişini takrorlagan holda bosiladi.

"Bosilgan" teri insonniki kabi epidermis va dermadan taşkil topadi, biologik faol va unga elastiklik beruvçi kollagen işlab çiqaradi. Olimlarning ta'kidlaşiça, agar bosiş uçun biror odamning biomateriali qöllansa, unda qisqa vaqt içida  transplantatsiya (misol uçun, kuyişda) uçun yaroqli terini yaratiş mumkin.

Işlanmani yaratişda iştirok etgan BioDan Group firmasi uşbu printerni savdoga çiqarmoqçi. Kompaniyada ta'kidlanişiça, terini bosiş texnologiyasining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: teri tez bosiladi va işlab çiqarişni avtomatlaştiriş imkoniyati mavjud.