AQŞda 28 aprel kuni 3D-printerda bosilgan birinçi Starbucks qahvaxonasi oçildi, deb xabar beradi Tom’s Hardware.

Qahvaxona Texas ştatining Braunsvill şahrida paydo bölgan. Uning maydoni 130 metr kvadratni taşkil etadi. Loyihaçilar uni qurişda Cobod BOD2 printeridan foydalangan.

Bino devorlari va tomini robotlar qurgan. Qahvaxonani qurişda işlatilgan material plastikdan köra, köproq sementni yodga soladi. Uning maydoni kiçkina bölgani bois u yerda taşrif buyuruvçilar uçun stollar mavjud emas.

Qurilişga 1,2 million dollar sarflangan — bu oddiy qahvaxona qurilişidan deyarli ikki barobar arzon.

Avvalroq Yaponiyada olti soat içida 3D-printer yordamida bosilgan dunyodagi birinçi temiryöl stansiyasi qurilgani töğrisida xabar berilgandi. Quriliş işlari atigi olti soat davom etgan — işlar keçasi, oxirgi poyezd jönab ketişi va birinçi poyezd kelişi oraliğida olib borilgan edi. Balandligi 2,6 metr, maydoni 9,3 metr kvadratga yetadigan stansiya temir-betondan qurilgan.