Kanadaning D-Wave kompaniyasi narx jihatdan arzon kvant kompyuterlari yaratiş sohasida birinçilardan hisoblanadi. Kompaniyaning birinçi kvant kompyuterlari 2007 yilda işlab çiqarilgan. Öşanda bu 16-kubitli va 28-kubitli Orion kompyuteri bölgan. 2011 may oyida sotuvga 128-bitli çipga ega D-Wave One modeli çiqqan. D-Wave bu bilan çeklanib qolişni istamadi. Endi sotuvga 15 mln dollarlik 2000 kubitli protsessorga ega D-Wave 2000Q kompyuteri çiqmoqda. 

Bunday maşinaga talab bölmaydi, deb öylasangiz, yanglişasiz. Kvant kompyuterining yangi modeliga xaridorlar navbatga tizilişmoqda. Yangi kompyuterning ilk egasi kompyuter xavfsizligi bilan şuğullanuvçi Temporal Defence Systems kompaniyasi böladi. Kompaniya rahbariyatining aytişiça, kvant kompyuteri xavfsizlik böyiça mutaxassislar oldida turuvçi eng majmuaviy muammolarni tezkorlik bilan hal qilişga imkon beradi.   

Kvant kompyuterining oddiy kompyuter bilan mahsuldorligini qiyoslaş oson iş emas. Qayerdadir u hisob-kitoblar tezligida yutadi, ba'zida 10 ming martalab, ba'zi joylarda yutqazadi. Yangi kompyuter işlab çiqaruvçilari ularning yangi qurilmasi maşinaviy örganişda ayniqsa ilğorligini ta'kidlaşmoqda. D-Wave kompaniyasi özining yangi modellarini yaratişni töxtatmoqçi emas va yaqin kelajakda yanada kuçliroq kvant kompyuterlari yaratmoqçi.