Microsoft kompaniyasi şaxsiy kvant kompyuterini işlab çiqarişni boşlaganiga oid rejalarini rasmiy reliz bilan tasdiqladi. Şu maqsadlarda tadqiqotçilardan iborat maxsus guruhlar -  Microsoft AI va Research Group tuzilmoqda. Hozirda tuzilgan guruhlar  işlab çiqaruvçilari loyihaning qurilmaviy va dasturiy qismi ustidagi işlarga kirişişdi. 24Gadjet şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi. 

Kvant kompyuterlarini qöllaş hisoblaş dasturlarining tezkorligini minglab marotaba oşiriş imkonini beradi. Kvant kompyuterlari tamoyili bir vaqtning özida ham 0, ham 1 bölişga qodir kvant bitlarni qöllaşga asoslangan. Zamonaviy an'anaviy kompyuterlarda bitlar faqat bir holatda bölişi mumkin. Microsoft vakillari kvant kompyuterlari qöllaniladigan yangi texnologiyalar samarali şifrlaş, işonçli himoya qilingan aloqa liniyalarining yaratilişi hamda kriptografiyaning rivojlanişini ta'minlaşga sezilarli ta'sir körsatişiga umid qilişmoqda.

Microsoft'da kvant kompyuterlari ustidagi işlarni Todd Xolmdal boşqaradi. U Kinect nazoratçisi, HoloLens aralaş reallik közoynaklari va Xbox loyihalariga boşçilik qilgan. Xolmdal loyihaning amalga oşiş muddati borasida hazillaşib "masala nafaqaga çiqquniga qadar hal qilinişi"ni aytdi (u hozir 52 yoşda).