IBM dunyodagi birinçi haimyonbop kvant kompyuteri işlab çiqaradi. Bu kompyuter bilan bulutli xizmat orqali işlaş mumkin böladi, deb ma'lum qilindi IBM’da.

Kompaniya xodimlari IBM Q kvant kompyuteri haqida quyidagi ma'lumotlarni berişdi: bu IBM Quantum Experience platformasi negizidagi 5 kubitli qurilma böladi. U 2016 yil may oyida Yorktaun Xaytsda (AQŞ) işga tuşirilgandi.

IBM muhandislari IBM Quantum Experience uçun API işlab çiqişdi, uning yordamida dasturçilar öz yeçimlari va 5 kubitli kvant kompyuterlar örtasida özaro aloqa uçun interfeyslar qura olişadi. Bu API negizida IBM Q kompyuteri uçun şunday yeçimlar yaratiladi. 

IBM rejalari orasida IBM Q’ning kvant hajmini keyingi 5 yil içida 50 kubitgaça yetkaziş bor. Bunday tizim barça mavjud hisoblaş qurilmalarini ança orqada qoldirişga imkon beradi.

Kvant kompyuterlari biror qonuniyat amal qiladigan katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta işlay oladi. Misol uçun, bu kompyuterlar kimyoviy tajribalarni modellaştiriş yoki moddalar xususiyatini aytib bera olişi mumkin. Oddiy kompyuterlar hattoki bitta oddiy molekulaning kvant holatini modellaştirişga qodir emas.  

Bundan taşqari, kvant kompyuterlari katta loyihalar logistikasini hisoblab çiqiş va eng jadal davrlar uçun ham yetkazib beriş kanallarini qurişga qodir. Ular moliyaviy ma'lumotlarni modellaştiriş va investitsion xatarlarni hisoblab çiqiş, katta ma'lumotlar massivida axborotni, misol uçun foto yoki video böyiça izlaşga qodir.