Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportining yangi terminalini barpo etişda 1407 oilani köçiriş rejalaştirilgan. Ular 540ta turarjoyda istiqomat qilişadi. Bu haqda «Özbekiston havo yöllari» MAKning 25 yilligi munosabati bilan ötkazilgan matbuot anjumanida «Özbekiston havo yöllari» yerusti inşootlari ekspluatatsiyasi departamenti va aerodromlar boşqarmasi rahbari Anton Xodjayan ma'lum qildi. Bu haqda matbuot anjumanida iştirok etgan Kun.Uz muxbiri xabar berdi.

«Toşkent-4» deb nomlangan yangi xalqaro terminal qurib foydalanişga topşirilgaç soatiga 1500 yölovçiga xizmat körsata oladi. Terminal binosi afsonaviy Humo quşining qanotlarini yoygan şaklida barpo etiladi. U 36 samolyotga möljallangan perron va 1700 avtomobil uçun turargohni ham öz içiga oladi. 

Anton Xodjayanning sözlariga köra, «aholini köçiriş işlari bilan Toşkent şahri hokimiyati şuğullanmoqda. Yangi terminal joylaşadigan hududda istiqomat qiluvçi fuqaroga oilaga mos keluvçi xonadon, yoki yer uçastkasi yoxud xohişidan kelib çiqib, moliyaviy huquqi poymol qilinmagan holda mablağ beriladi». 

Şu masalaga çuqurroq oydinlik kiritgan MAK boş direktori Valeriy Tyan, tovon puli uy egasining rozi bölguniça berilişini alohida ta'kidladi. Bunda, uning aytişiça, uşbu hududda yaşovçilar huquqi buzilişiga umuman yöl qöyilmaydi.