«Özbekiston havo yöllari» MAK xalqaro yönalişlarda doimiy parvozlarni yölga qöyiş böyiça muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin orada Pokistonning Lahor va Tojikistonning Duşanbe şaharlariga parvozlarni qayta tiklaş rejalaştirilgan.

MAKning 2017 yilgi şu va boşqa rejalari xususida «Özbekiston havo yöllari» boş direktori Valeriy Tyan, milliy aviakompaniya taşkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan uyuştirilgan matbuot anjumanida söz yuritdi. Bu haqda Kun.Uz muxbiri xabar qildi. Uning sözlariga köra, Lahor va Duşanbe şaharlariga parvozlarni aprel oyigaça qayta qölga qöyiş borasida iş olib borilmoqda. 

Bundan taşqari, 2018-20 yillarga qadar yana 4ta Boeing-787 Dreamliner samolyotlarini xarid qiliş böyiça şartnoma imzolangan. Şu bilan birga, aprel oyida MAK Trenajyor majmuasida Boeing-767 samolyotining «Full-flight» simulyatorini örnatiş rejalaştirilgan. 

2017 yilda yölovçilar va Özbekistonga taşrif buyurayotgan mehmonlarga jahon andozalarida yuqori servisni taqdim etiş maqsadida, Islom Karimov xalqaro aeroportining soatiga 1,5 ming aviayölovçiga xizmat körsata oladigan «Toşkent-4» yölovçi terminalini quriş böyiça ulkan loyihani amalga oşiriş davom ettiriladi.