Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tashqi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ikki yo‘l xaritasi yaratiladi
Ma'lumki, 27 yanvar kuni Toshkent shahrida muhokamaga qo‘yilgan Harakatlar strategiyasi xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik yo‘nalishida kechdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi birinchi o‘rinbosari Javlon Vahobov mamlakatimizda tashqi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ikki yo‘l xaritasi yaratilishi haqida ma'lum qildi.
Yo‘l xaritasining biri respublikaning xorijiy davlatlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorligi rivojiga yo‘naltiriladi. Tashriflar, uchrashuvlar, muhokamalarni yuksak saviyada tashkillashtirish masalalari ushbu xaritada o‘z aksini topadi. Siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish, tashqi siyosiy tashabbuslarni ilgari surishga doir bir qator vazifalar va chora-tadbirlar ham shu turkumga kiritiladi.
Ikkinchi yo‘l xaritasi savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiya, ilmiy-ma'rifiy sohalardagi aniq amaliy chora-tadbirlarni hayotga tadbiq etishga yo‘naltiriladi. Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan yetti yo‘nalish uning asosini tashkil qiladi. Eksportni kengaytirish, mahalliy mahsulotni chetga olib chiqish nomenklatura diversifikatsiyasi, O‘zbekistondagi investitsiya loyihalarida xorijiy hamkorlar ishtiroki hamda ularni lokalizatsiyaga jalb qilish shu yo‘nalish tarkibiga kiradi.
Hozirda mazkur hujjatlar faol ishlab chiqish jarayonidadir. Kelgusida ular hukumat qarori sifatida rasmiylashtiriladi.
Mavzuga oid
13:33 / 18.12.2024
O‘zbekiston savdoni osonlashtirish bo‘yicha milliy "yo‘l xaritasi"ni imzoladi
17:18 / 06.10.2021
Harakatlar strategiyasi uchun 5 yilda 114 trln so‘m va salkam 31 mlrd dollar sarflangani ma'lum qilindi
07:57 / 08.06.2020
Bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtiriladi va jadallashtiriladi, kontrabandaga qarshi kurash kuchaytiriladi
11:34 / 16.05.2019