Avstraliya hayvonot boğlaridan biri mahalliy aholidan juda zaharli örgimçaklarni tutib, ularni maxsus qabul qiliş joyiga yetkazişni iltimos qilgan.
Örgimçaklar Avstraliyadagi sudralib yuruvçilar boğiga ziddi zahar vosita tayyorlaş uçun zarur, örgimçaklarni uşlaşda jarohat olganlarga zarur yordam körsatiladi. Hozirda hayvonot boği Sidney voronkasimon örgimçak çaqişiga qarşi ziddi zahar yetkazib beruvçi yagona joy hisoblanadi, biroq hayvonot boği öz kuçlari bilan yetarliça miqdorda örgimçak yiğa olmayapti.
Hayvonot boği xodimlari örgimçaklarni uşlaş uçun qopqoqli şişa idişdan foydalanişni tavsiya qilişmoqda. Örgamçakni bu idiş içiga tayoqça yoki çizğiç bilan sekin itarib kirgaziş mumkin. Bu örgimçaklar zaharli bölsa-da, ular sakray olmaydilar, şuning uçun ular yoniga maksimal yaqin keliş mumkin.











