Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining farzandlaridan kimlar siyosat bilan şuğullanmoqda? Uşbu masalaga oydinlik kiritamiz.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon özining tönğiç öğli Rustam Imomalini Duşanbe şahriga hokim qilib tayinladi. Bungaça 29 yoşli Rustam Imomali davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarşi kuraş agentligiga rahbarlik qilgan edi.
1987 yilda tuğilgan Rustam MDH hududidagi eng yoş general hisoblanadi. U, şuningdek, serqirra faoliyatida investitsiyalar va davlat mulki qömitasida işlaşga, Tojikiston Yoşlar ittifoqi raisi örinbosari bölişga ulgurgan. Rustam «Istiqlol» futbol klubi taşkilotçisi va xöjayinlaridan biridir.
Yangi lavozimga tayinlangan Rustam qator kadrlar almaşinuvini amalga oşirişga ham ulgurdi va işxonasini Tojikiston prezidenti saroyiga köçirdi.
Umuman, Imomali Rahmonning 9 nafar farzandi: 7 qizi (Feruza, Ozoda, Ruxşona, Taxmina, Parvina, Zarina va Farzona) hamda ikki öğli (Rustam va Somon) bor.

Tojikiston prezidentining ikkinçi qizi Ozoda 2009 yilda mamlakat taşqi işlar vazirining örinbosari etib tayinlangan edi. 2016 yil 27 yanvarda prezident ma'muriyati rahbariga aylandi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning öğli Sardor 2016 yil noyabrida mamlakat parlamenti Majlis deputatligiga saylandi. Sardor Berdimuhamedov Axal viloyati 24-«Duşak» saylov okrugidan deputatlikka munosib körildi.
Bundan avvalroq, Turkmaniston rahbarining öğli maxsus qaror bilan respublika TIV tuzilmasida maxsus lavozimga ega böldi. 2015 yil iyul oyi oxirlarida Sardor doktorlik dissertatsiyasini yoqlagani haqida xabarlar paydo bölgan edi.
Gurbanguli Berdimuhamedovning bir öğli (Sardor), uç qizi bor.













