Butun umri, faoliyatini bolalar adabiyotiga bağişlagan filologiya fanlari doktori, professor Safo Matjon tavalludiga 70 yil tölişi munosabati bilan Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida “Til va adabiyot ta'limining dolzarb masalalari” nomli respublika ilmiy-amaliy anjumani bölib ötdi.
Anjumanni boşqarib borgan universitet rektori Ş.Sirojiddinov: “Bu qutluğ dargohda yetişib çiqqan qançadan-qança uluğ zotlar, tilimiz, fanimiz, adabiyotimiz yoruğ kelajagi uçun özlarini butun borliği bilan fidokorona mehnat qildilar, şular qatorida ustoz Safo Matçonovning mehnatlari alohida tahsinga sazovordir”, deya ta'kidladi. Darhaqiqat, anjumanga respublikaga taniqli olimlar, fan arboblari, şoiru yozuvçilar taşrif buyurib, Safo Matjon ilmiy-ijodiy dunyosi, uning bolalar adabiyotiga qöşgan ulkan xizmati, şogirdlar tayyorlaşdagi matonatli mehnatlarini haqli ravişda e'tirof etdilar. Jumladan, Özbekiston xalq şoiri Omon Matjon, bolalar şoiri Tursunboy Adaşboyev, Dilşod Rajab, adabiyotşunos Qozoqboy Yöldoşev kabi qator ilm-fan xodimlari özlarining çiqişlarida olimning serqirra faoliyatiga baho berdilar.
Safo Matjon 50 yillik ilmiy-ijodiy faoliyati davomida “Öqiş kitobi” (4-sinflar uçun darslik), “Kitob öqişni bilasizmi?”, “Maktabda adabiyotdan mustaqil işlar”, “Ona tili öqitiş metodikasi”, “Bolalar adabiyoti”, “Bolalar olami”, “Tiriklik suvi” “Ikki el ardoğida”, “Bolalikni poşşolikka yöygan adib” nomli qator risola, monografiya, öquv qöllanmalari keng kitobxonlarga taqdim qilindi. Anjuman doirasida universitet iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan şe'riyat guldastalari mehmonlarga xuş kayfiyat bağişladi.
Izoh: Safo Matçon 1947 yil 23 yanvarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumani “Qipçoq” qişloğida tuğilgan.
Xursandbek TÖLIBOYeV, adabiyotşunos









