«Ilmning ertangi kuniga işonçimizni yöqotyapmiz» – özbek tilşunos va adabiyotşunoslari özlari qoldirilgan taşlandiq binodan köçişni istaydi
|18:29 / 09.11.202024 22412 min
Körib turganingiz bu tasvirlar biror taşlandiq binoning xaroba xonalari emas. Bu Özbekiston Fanlar akademiyasi
Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti xodimlari, ya'ni millatning millat ekanini bildiruvçi sohada ilmiy tadqiqotlar olib boradigan olimlar işlab kelayotgan joy.
Institut xodimlari şunday taşlandiq bino va şunga yaraşa şaroitlar bilan 2014 yildan buyon işlab kelmoqda, tağin – ijarada. Olimlar özining muqim binosi u yoqda tursin, ilmiy tadqiqotlar uçun oddiy şaroitlarga ega emas.
Garçi sönggi yillarda Özbekistonda davlat tili masalasi, uning obröyini oşiriş borasida qator amaliy işlar boşlangan bölsa-da, mantiqan şu işlarning markazida turgan institut binosi va olimlarning ahvoliga, afsuski, e'tibor qaratilmayapti.
Biz önlab idoralarga qilgan murojaatidan keyin ham biror natija körmagan olimlarning tahririyatimizga yöllagan xati böyiça Toşkent şahri Şahrisabz 5-tor köçasida joylaşgan institut binosida bölib, u yerda işlayotgan olimlar bilan suhbatlaşdik.
“Nega olimlarni qöllaydigan taşkilot va yetarli iş şaroitlar yöq?”
Unda dastlab şu institutda 1975 yildan boşlab işlab kelayotgan adabiyotşunos olim Suvon Meliyev institut tarixi, olimlar va beçora sohaga aylanib qolgan ilm-fan haqida fikrlarini bildirdi.
Mavzuga oid
– 45 yildan buyon şu institutda işlab kelayotgan bölsam, ilmda juda katta ustozlarni kördik, ularning ta'limini oldik. Bu hayot vaqt zamoni bilan hamma ötadigan hayot. Ustozlarimiz ham vaqt zamoni bilan ötib ketişdi...
Men nega bu gaplarni gapiryapman? Har kuni işga kelişda Qöyliq yölida prokuratura organlarida işlab ketgan sobiq xodimlarga ğamxörlik qiliş böyiça maxsus idora oldidan ötaman. Har safar şu yerdan ötar ekanman, olim sifatida menga bir narsa juda qattiq ta'sir qiladi: nega Fanlar akademiyasi olimlari uçun şunday taşkilot va şaroitlar yöq?
Bu yerdan xursand ketgan olimni kam kördim. Izzat Sulton ham xafa bölib ketdi, Matyoqub Qöşjonov, Ergaş Umarov kabi olimlar ham xafa bölib ketdi.
Nega şu olimlarning könglini kötarib, qöllab-quvvatlanmaydi?
Şuning uçun ham aytyapmanki, prokuratura bilan soliştirganda fanning ahvoli nihoyatda beçoraga aylanib qoldi. Bu öz-özidan paydo böladigan xulosa, – deydi olim.
Ha, özi ta'kidlaganidek, olim bu gaplarni prokuratura organlariga nisbatan şaxsiy adovati tufayli gapirmayapti. Bu – şunçaki ilmning istalgan boşqa soha bilan soliştirilişi.
Suvon Meliyev biz bilan suhbatda institut avvalroq ança yaxşi şaroitli va eng muhimi yuridik jihatdan öziga tegişli bölgan binoda işlagani hamda qanday qilib bu kabi oğir şaroitli joyga kelib qolişi haqida ham gapirib berdi.
– 1975 yilda bizning institut Fanlar akademiyasi hozirgi binosining birinçi qavatida bölardi. 5 yil ötib, 1980 yilda institut uçun maxsus 7 qavatli bino qurib berildi. Ammo bu bino birinçi prezidentimiz davrida hozirgi INHA universitetiga ötib ketdi. Buning sababini bilmayman.
Şundan keyin mana şu taşlandiq binoga köçirildik va hozirgaça şu şaroitda işlayapmiz. Bu joy ham, aslida, biz uçun ijara joy.
Bu köçişlardan bezor bölgan marhum akademik Töra Mirzayev yiğlardi. Uning aytişiça, har safar köçganda bizning juda katta folklor arxivimiz titilib, yöqolib ketmoqda.
Axir bu arxiv millatniki, ularni bir joyda joylaştirib, saqlab qolişimiz kerak.
Ikkinçidan, bu yerda işlayotganlar ham jamiyatda öziga nisbatan hurmat kamligini his qilib işlaydi. Olimda öz işiga nisbatan zavq, şavq yöq», – deydi Suvon Meliyev.
Şu örinda xalqimiz orasida yuradigan uç marta köçiş – bir yonğinga teng iborasi esga tuşadi. Afsuski, institutning bu köçişlarida bir yo ikki oilaning emas, butun bir millatning ilmiy merosi titilib yöq bölmoqda.
Olim suhbat yakunida özi ötirgan va eskirişi natijasida sinişiga yaqin qolgan örindiqni bizga körsatgança uzoq vaqt jim qoldi...
“Nahotki, şu binoda sizlar işlaysiz, heç nolimaysizlarmi?”
Gulnoza Sattarovaning bu institutda işlayotganiga 22 yil töldi.
– Bu umrning kiçik qismi emas.
Menku, mayli, lekin bizgaça yetib kelgan ilm-fanimizga, uning kelajagiga içing açiydi. Afsuski, bu yerdagi şaroitni körib, işimizni davom ettirişi kerak bölgan yoşlar ham undan qoçyapti, – deydi u.
Sattorova oxirgi vaqtlarda özbek tili, adabiyoti va folkloriga e'tibor kuçayib borayotgani hamda adabiyot hozirgi davrda millatlar örtasidagi aloqa vositasi, siyosat darajasiga kötarilganini ta'kidladi.
– Ammo bizning institut ana şu e'tibordan çetda qolib ketayotgani, ayriça körilayotgani sabab böldi. Şaroitlarni köryapsiz, bino juda xarob. Qişda sovuq, yozda issiq va dim, yomğirli kunlarda bino tomidan tinimsiz çakka ötadi.
Biz kitob qöygan javonlar ham adaşmasam, 1960-70 yillarniki, – deydi u.
Gulnoza Sattarova suhbat davomida Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari işlayotgan şaroitlar xorijlik ilm ahlini ham köp bor hayron qoldirgani haqida gapirib berdi.
– Biz dunyoning köplab davlatlari bilan til, adabiyot sohasida aloqadamiz. Masalan, 2018 yili «Özbek tilining xorijiy mamlakatlarda öqitilişi» mavzusida katta konferensiya ötkazdik. Bu uçraşuvga dunyoning köplab davlatlaridan yozuvçilar, adabiyotşunos olimlar taşrif buyurdi, lekin biz ularni öz binomizga taklif qilişga uyaldik. Çunki butun millatning adabiyoti, tilini ilmiy jihatdan tadqiq qiluvçi institutimiz binosining ahvolidan uyalamiz.
Ötgan yili Tatariston Fanlar akademiyasining adabiyotşunoslaridan biri Özbekistonga keldi. U işlaş şaroitimizni körib hayratlanyapti va savol beryapti:
– Nahotki, şu binoda sizlar işlaysiz? – Unga:
– Ha, biz şu yerda işlaymiz, – dedik. U yana söradi:
– Heç nolimaysizlarmi?
– ...
Biz bir qator ilmiy safarlarda bölamiz. Afsuski, biz borgan davlatlarniki bilan bizning institut örtasida yer bilan osmonça farq bor. Ha, ehtimol, ular uçun bizning qayerda işlaşimiz unçalik qiziq emasdir, lekin uyingizga mehmon çaqirmoqçi bölsangiz, şaroitingiz bölsa, çaqirasizku. Biz esa olimlarni köça, kafe yoki biror oşxonada kutişga majburmiz.
Men şu masalalarni öylayman-u bizning xorijiy davlatlar bilan ilmiy, adabiy aloqalarimiz sustlaşib ketgani sabablarini topgandek bölaman, – deydi olim.
Yoşlarda: “Menga dars beradigan öqituvçining ahvoli şu ekan, men kimning ortidan intilyapman”, degan fikr bor
Navbatdagi suhbatdoşimiz filologiya fanlari doktori Maqsud Asadov. U institutda katta ilmiy xodim va yoş olimlar kengaşi raisi sifatida işlaydi.
Olim nutqida institutdagi şaroitlar yoşlarning ilm haqidagi fikrlarini qanday qilib özgarişga olib kelişi mumkinligi haqida gapirdi.
– Institut binosi, undagi eşik derazalarning ahvoli, xonaga kirganda örindiq va şkaflarning 1960-70 yillarga tegişliligi va umuman, xonadagi fayz odamning ta'bini tirriq qiladigan darajada ekanligi ilmning ertangi yoruğ kunlariga nisbatan işonçni parda ortida qoldiryapti.
Bizda fundamental tadqiqotlar böyiça köplab işlar qilinyapti, rejalar bor. Lekin masalaning boşqa tomoni ham borki, ilmni ertaga davom ettiradigan kim? Yoşlar. Qaysi yoşlar? Talabalar. Universitetlarning filologiya yönalişida öqiyotgan talabalar bizga amaliyot ötaş uçun keladi.
Bu talabalar institutga kelgandan keyin dastlabki xulosasi qanday bölişi haqida gapirdik. Ikkinçi tomondan esa, şu kelganlarni qamrab oliş uçun bizda yetarli joyning özi yöq. Unday muhitning özi yöq. Biz yoşlar bilan işlaydigan ahvolda emasmiz.
Bu yerdagi olimlarning köpçiligi OTMlarda ham işlaydi. Öşa öqituvçining qölida işlab, bu yerga amaliyotga keladigan talabaning xulosasini tasavvur qilyapsizmi? Menga dars, ilm beradigan öqituvçining ahvoli şu ekan, men kimning ortidan intilyapman? – U aynan şunday öylaydi.
Iltimosimiz şunday bölardiki, bizga imkoni bölsa, yangi bino qurib berib, uning bir yaxşi hovlisi ham bölsaki, yoşlarning ilmga bölgan hozirgi munosabati özgarsa, – deydi u.
Institut ilmiy xodimlarining fikrlarini eşitib, öylab qolasan kişi, odatda olimlardan ilm-fanni rivojlantiriş orqali turmuşimizni yengillatişga xizmat qiladigan yangiliklarni köp kutamiz.
Özaro suhbatlarda dunyoning qaysidir joyida olimlar fanda falon yangilik qilgani, boşqa bir joyda esa şov-şuvli qandaydir işlanma ixtiro qilingani haqida gapiramiz. Bizning özbek olimlarida şunday yangiliklar yöq-da deb, qöşib ham qöyamiz. Lekin doim ham öylamaymizki, bu izlanişlar, yangiliklarni qiliş uçun olimlarga qulay şart-şaroitlar va moddiy-texnik baza ham juda zarur hisoblanadi.
Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari esa siz körgan şaroitlarda ham töxtab qolayotgani yöq. Qator fundamental tadqiqotlar natijasida özbek tili rivoji uçun yangiliklar qilişmoqda. Bu haqda institut direktori örinbosari Manzura Otajon şunday deydi:
– Ötgan vaqt mobaynida institut ilmiy jamoasi tomonidan özbek tili, folklori va adabiyoti sohasida qator fundamental ilmiy tadqiqotlar amalga oşirildi. Buning natijasi ölaroq millatimiz ma'naviy qiyofasini şakllantirişda beqiyos örin tutgan folklor asarlari, Alişer Navoiy asarlarining 15, 20, 10 jildliklari, Oybek asarlarining 20 jildligi, özbek adabiyoti tarixiga oid seriyalar, izohli, imlo, tarjima va boşqa köplab qayta-qayta töldirilib çop etilgan luğatlar, özbek tili, adabiyoti va folkloriga oid akademik va monografik kitoblar yaratildi, bemisl qimmatga ega folklor arxivi taşkil etildi.
Köp jildlik «Alişer Navoiy Qomusi» (3 tomlik), «Abdulla Qodiriy Qomusi», «Özbek adabiyoti durdonalari» (50 tomlik), «Özbek oğzaki ijodi» (100 tomlik), «Adabiyotşunoslik atamalarining özbekça-inglizça-rusça izohli luğati» (3 tomlik) va boşqa tadqiqotlar ustida harakatlar bugun ham davom etmoqda, – deydi u.
Olimlar bilan suhbatlaşib, institutdan çiqar ekanmiz, Şahrisabz köçasiga yana bir bor e'tibor berdik. Köçaning ikki tomonida ham zamonaviy binolar, biznes markazlar bor: ularning qaddi-basti, balandligiga qarasangiz döppingiz boşdan tuşadi, mahobatidan hayratingiz oşadi.
Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari işlayotgan eski binoda esa zamonaviylikdan asar ham sezilmaydi. Uning içidan ham, taşqarisidan ham yoqimsiz eskilikning hidi anqib turgandek.
Öylaymizki, sohaga javobgar mas'ul mutasaddilar, idoralar olimlarimizning murojaatlariga befarq qaramaydi. Çunki yuqorida ham aytganimizdek, Özbek tili nufuzi va qadrini oşiriş harakatlari boşlangan paytda mazkur institut islohotlar markazida turişi mantiqan töğriroq bölardi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi