Şveytsariyalik Rojyer Federer (17) Avstraliya oçiq çempionatining erkaklar örtasidagi yakkalik bahslari finalida ispaniyalik Rafael Nadalni (9) 6:4, 3:6, 6:1, 3:6, 6:3 hisobida doğda qoldirdi.
Qayd etiş joizki, bu Federerning tennisçilik faoliyatida «Katta dubulğa» turkumida qölga kiritgan 18-sovrinidir.

Şu vaqtga erkaklar örtasidagi heç bir tennisçi 18 bor «Ulkan toj» turkumiga kiruvçi musobaqalarda ğalaba qozonmagandi. Federer bu marrani zabt etgan birinçi tennisçi böldi.



















