Yaponiyaning Akiba kompaniyasi Apple smartfonlarini ustaraga (britva) aylantiruvçi ixçam aksessuar işlab çiqardi. Uşbu aksessuarning narxi oddiy ustaralarnikidan arzonroq.
Qurilmaga lezviyalarni tozalaş uçun çyotka va yöriqnoma taklif qilinadi. Yangi qurilma Xitoyda sotilmoqda, biroq yaqinda internetda paydo bölişi mumkin. Biroq gadjyet oddiy ustara örnini bosadi deb qabul qiliş yaramaydi. Bu aksessuar taşqi körinişni eng tiğiz paytlarda risoladagidek körinişga keltiriş uçun möljallangan. Xitoyda me'yoridan ziyod köp işlaş asosiy muammolardan biriga aylangani sabab uşbu qurilma vaqti tiğiz işçilarga ayniqsa qöl keladi.












