Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda mudhish qotillik: er xotini jazmanining qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, kanalga tashlab yubordi
Namangan shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro shar'iy nikohidagi ikkinchi xotini xiyonat qilgani bois qotillik sodir etdi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Qayd etilishicha, oilasi va to‘rt nafar farzandi bo‘lgan oliy ma'lumotli erkak yangi ishqiy sarguzasht istab, 1992 yilda tug‘ilgan Namangan shahrida yashovchi qiz bilan uchrashib yuradi, so‘ng uni shar'iy nikohiga oladi.
Biroq vaqt o‘tib ayol boshqa bir erkak bilan don olishib yurgani ma'lum bo‘ladi. Erkak xotinini yo‘ldan urgan shaxsdan qasos olishga ahd qiladi va 2015 yil 8 avgust kuni ayolining jazmanini do‘sti yordamida avval rosa do‘pposlab, so‘ng qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, Norin tumani hududidan oqib o‘tuvchi "Katta Andijon kanali"ga tiriklayin tashlab yuboradi. Jasad oradan bir hafta o‘tib, 2015 yil 16 avgust kuni kanalning Baliqchi tumanidan oqib o‘tuvchi qismidan topildi.
Gazetaning yozishicha, holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlarning tezkor xodimlari tomonidan zudlik bilan surishtiruv ishlariga kirishildi va ko‘p o‘tmay jinoyatchilar topildi. Aybdorlar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Mavzuga oid
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
15:07 / 27.01.2026
Namanganda yer rasmiylashtirishni va’da qilgan o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari va kadastr mutaxassisi ushlandi
11:38 / 27.01.2026
Namanganda Cobalt va yo‘lovchi avtobus to‘qnashuvida 3 kishi halok bo‘ldi
11:10 / 16.01.2026