Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerika yetakçisi Donald Trampning uçraşuvi joriy yilning iyul oyida Germaniyaning Hamburg şahrida bölib ötişi rejalaştirilgan G20 sammitiga qadar ötkazilişi mumkin. 

Bu haqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

«Katta ehtimol bilan, ha», - degan Peskov prezidentlarning uçraşuv imkonini körib çiqiş haqidagi vazifasi, ular sammitga qadar uçraşişlaridan darak beradimi, degan savol javoban.

Peskov sözlariga köra, yordamçilar uçraşuvning barça jihatlarini jiddiy tarzda örganib çiqişadi.

Matbuot kotibining ta'kidlaşiça, ikki davlat yetakçisi örtasida bölib ötgan telefon muloqoti yaxşi va konstruktiv bölgan.

«Amerikaliklar Rossiyaga hurmat bilan munosabatda ekani ta'kidlandi. Putin esa Rossiyada ham şunday kayfiyat hukmronligini aytdi. Bu suhbat juda ham muhim ahamiyatga ega böldi», - dedi u. Avvalroq Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Putin va Tramp muloqoti siyosiy jihatdan ham, insoniylik jihatidan ham yaxşi bölganini ma'lum qilgandi.