Smartfonning universalligi, uning ixçamligi va keng imkoniyatlari tibbiyot sohasiga borgan sari kuçli ta'sir körsatişni boşlamoqda. Olimlar iPhone’ni OIV, saraton va qand kasalini diagnostika qiliş, qondagi şakar miqdorini aniqlaş va köriş qobiliyatini tekşiriş uçun qöllaşni örganib olişdi. Köp hollarda smartfon dastur va portativ qurilma bilan işlovçi kompyuter sifatida qöllanadi.
Stenford universiteti mutaxassislari smartfon egasiga tezda teri saratoniga tekşiruvdan ötişga imkon beruvçi algoritm yaratişdi. Melanomaning (teri saratoni) dastlabki bosqiçlarida uni davolaş 97 foiz holatda kasaldan töliq foriğ bölişni kafolatlaydi, agar taşxis keçroq qöyilgan bölsa, soğayib ketiş imkoniyati 14 foizgaça pasayadi. Asosiy muammo şundaki, köpçilik odamlar salomatliklarining kritik holatga qadar yomonlaşmagunça kasallik alomatlariga e'tibor qaratmaydilar.
Tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, ularning algoritmi teri saratonini ilk bosqiçlarida dermatologlar kabi aniqlikda aniqlay olişga qodir. Algoritmni öqitiş uçun terining turli şikastlanişlarining 130 mingdan ortiqroq suratidan iborat baza va Google’ning taniy oladigan algoritmi qöllangan.
"Bizning algoritmni maşq qildira oladigan teri saratonining birorta bazasi mavjud emasdi, şu sababli biz özimizning bazani yaratdik. Biz internetdan suratlar olib, turli ma'lumotlardan sifatli bazani yaratiş uçun tibbiyot maktabida işladik", deb aytdi tadqiqot yetakçisi Brett Kupler.
Ayni vaqtda algoritm 18 ta onlayn-ombordagi ma'lumotlar bazasidan foydalangan holda faqat kompyuterda işlamoqda. Bölğusida tadqiqotçilar dasturni smartfonga moslaştirişni rejalaştirişmoqda, biroq bu qaçon qilinişi va taşxislaş qaysi tamoyillarga köra amalga oşirilişiga aniqlik kiritilmagan.












