Suriya va Venesuela "milliy suverenitetiga sodiqligi va mustaqil tarzda qarorlar qabul qilgani uçun" taşqi aralaşuv obektlariga aylandilar. Bu haqda Suriya prezidenti Başar Asad Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan telefon orqali muloqotda aytib ötdi, deb xabar bermoqda SANA axborot agentligi.
"Suriya va Venesuela Ğarb va uning şeriklari diktatiga böysunişdan boş tortgani uçun haq töladilar, ular bu uçun ularni barqarorsizlantiriş va anarxiyaning tarqatilişi yöli bilan zaiflaştirişga qaratilgan taşqi bosimga uçramoqdalar", deb aytdi Asad.
Maduro Asad va Suriya xalqini "Suriyaga duşman davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi terrorçilik taşkilotlariga qarşi kuraşdagi muhim ğalabalari" bilan tabrikladi. "Bu muvaffaqiyatlar öz rahbariyati atrofida jipslaşgan suriyaliklarning matonati evaziga mumkin böldi", deb aytdi Maduro.
Maduro Venesuela Suriya tomonda qat'iylik bilan turişini aytdi va bu arab mamlakatida tinçlik va barqarorlikning tezda qaytişiga umid bildirdi.












