AQŞning Ford avtomobilsozlik konserni Breksit oqibatlari sababli 600 mln dollar yöqotdi.

Ford’ning Yevropadagi rahbari Jim Farli Reuters axborot agentligiga kompaniya ötgan yili Yevropada 1,2 mlrd dollar işlab topganini tasdiqladi. Agar Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan çiqişga qaror qilmaganda daromad yanada köproq bölişi mumkin edi.    

Breksitning oqibatlaridan biri funt sterlingning zaiflaşişi böldi, bu esa Buyuk Britaniyada dvigatellar işlab çiqaruvçi ikkita zavodi bölgan Ford’ning 600 mln dollar yöqotişiga sabab böldi. Ford Buyuk Britaniyaga Yevropaning boşqa davlatlarida yiğilgan maşinalarni eksport qiladi.