NATOga a'zo mamlakatlarning mudofaa vazirlari 2017 yil fevralida alyansning Qora dengizdagi harbiy kuçlarini kuçaytirişga doir çoralar töplamini ma'qullaydi. Bu haqda, taşkilot boş kotibi Yyens Stoltenberg 31 yanvarda bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Çoralar töplami NATOning mintaqadagi quruqlik, dengiz va havo kengliklaridagi pozitsiyalarini mustahkamlaşga qaratilgan böladi.
30 yanvar kuni Stoltenberg bir neça şartlarga rioya qilinsa, Rossiya bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlarini yuritiş mumkinligini aytgandi. «Agar siz kuçli, qat'iyatli bölsangiz, Rossiya bilan amaliy munosabatlar örnatiş va qöşni böliş mumkin», — degan fikrlarni bildirgan edi taşkilot boş kotibi.
Rossiya va Ğarb mamlakatlarining munosabatlari ötgan asr 90-yillari oxiridan buzila boşladi. NATOning şarq tomon kengayişi va AQŞning axborot hamda zarba qurilmalarini Şarqiy Yevropada örnatişi asosiy hal etilmagan muammolarga aylandi. 2014 yilda Qrimning Rossiyaga qöşilişi va Donbassda fuqarolik uruşi avj olişi bilan alyans Şarqiy Yevropa hududini kuçaytirişini e'lon qildi. Bu esa, rasmiy Moskvaning noroziligiga sabab bölmoqda.












