Yaponiyaning video öyinlar kompaniyasiga asos solgan Masaya Nakamura 91 yoşida hayotdan köz yumdi. U maşhur video öyin sababli «Pac-Man otasi» deb nomlanar edi, deb yozmoqda Daily Sabah naşri.
22 yanvarda vafot etgan Nakamura 1955 yilda hozirgi Bandai Namco kompaniyasining bir qismi bölgan Namco kompaniyasiga asos soldi. U dastlab yirik supermarketning tomida ikkita mexanik otni qöyib pul topişni boşlagan, ammo keyinçalik arkada öyinlari kaşşofi bölgan.
Maxluqlarni yutuvçi öyin PAC-MAN 1980 yilda sotuvga çiqarildi hamda Yaponiya va xalqaro maydonda, eng maşhur arkada öyini sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.
Arkada sifatida taniştirilgan öyin, keyinçalik, Nintendo oila konsoliga moslaştirildi. Şundan söng, mobil telefonlari, PlayStation va Xbox uçun ham işlab çiqarildi.
Namco kompaniyasining boşqa maşhur öyinlari orasida "Ridge Racer" haydovçilik simulyatori ham bor.












