Yaponiya aholisi 2053 yilda 100 millionlik körsatkiçdan pastga tuşadi. Hozirda, bu mamlakatda 127 milliondan ortiq inson istiqomat qiladi. Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi aholi va ijtimoiy suğurta masalalari bilan şuğullanuvçi ilmiy-tadqiqot instituti şunday xulosaga kelgan. 

Institut tadqiqoti va taxmini 5 yilda bir marta ötkaziladi. Ötgan safargi tadqiqot ma'lumotlari bilan taqqoslanganda aholi qisqarişi birmunça sekinlaşgan. Avvalgi taxminga köra, Yaponiya aholisi 2048 yilda 100 million nafardan kamroq bölişi kerak edi. 

Bunday ijobiy natijaga yoşlar orasida nikoh va farzand körişga nisbatan munosabatni özgartiriş orqali erişilgan. Masalan, yana 50 yildan söng, jami tuğiliş koeffitsiyenti (bir ayolga töğri keluvçi örtaça farzand) 1,44ni taşkil etadi. Beş yil avvalgi taxminlarga köra, bu 1,35ga teng bölişi kerak edi.

Şu bilan birga, bu raqamlarni kelajakka işonç bilan qaraş imkonini beradi, deb bölmaydi. Çunki, 2065 yilda mamlakat aholisi 88 mln kişigaça kamayişi mumkin.