McLaren va BMW kompaniyalari yangi avloddagi dvigatelni birgalikda işlab çiqişmoqçi. Britaniya markasi matbuot xizmatining xabar berişiça, firmalar quvvatni oşiriş va atrof-muhitga zararli moddalarni çiqarişni kamaytiriş borasida birgalikda işlaydi.

Ma'lum bölişiça, loyihaga «Maklaren» boşçilik qiladi. Unda BMW’dan taşqari Ricardo (McLaren’ning motorlar işlab çiqariş böyiça amaldagi şerigi), Grainger va Worrall (metall quyiş texnologiyasiga javob berişadi), şuningdek kompozit materiallariga ixtisoslaşgan Lentus Composites firmalari ham iştirok etadi. Bundan taşqari, tadqiqot işi Britaniyaning Bat universiteti tomonidan olib boriladi.

Ta'kidlanişiça, işlarning yarmi Buyuk Britaniya hukumati tomonidan - Advanced Propulsion Centre (APC) ilmiy-tadqiqot taşkiloti tomonidan moliyalaştiriladi. Autocar naşri ma'lumotiga köra, loyihaning umumiy qiymati taxminan 32,5 million yevroni taşkil etadi.

Qöşma işdan közlangan asosiy maqsad hajmni oşirmagan holda dvigatel quvvatini köpaytiriş va karbonat angidrid çiqarib taşlanişi darajasini kamaytirişdan iborat. Boşqa söz bilan aytganda, kompaniyalar motor hajmining har bir litridan hozirgi kundagidan ham köproq ot kuçini dvigatellar ekologik xavfsizligiga ta'sir körsatmagan holda “olişmoqçi”.

Taxminlarga köra, McLaren’ning yangi texnologiyalar böyiça işlab çiqilgan motori 2020 yilda paydo böladi. Marka boşqaruvçisi Mayk Flyuittning ta'kidlaşiça, loyiha firmaning Track22 biznes-rejasi bir qismiga aylanadi. Uning asosiy yangiliklaridan biri esa - 650S superkari yangi nusxasidir. U 2017 yilning bahoridagi Jyeneva avtosaloni doirasida taqdim etilişi rejalaştirilgan.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, yangilikka 720S nomi beriladi. Unga Monocage II uglerod tolali monokoki asos qilib olinadi, model oğirligi esa avvalgisi bilan soliştirganda 18 kilogrammga yengilroq böladi.