Afğoniston hukumati mamlakatning 60 foizdan kamroğini nazorat qilmoqda, deb ma'lum qilindi AQŞ kongressidagi maxsus komissiya hisobotida.
2008 yilda Afğonistonni tiklaş uçun ajratilgan mablağlarni nazorat qiliş uçun taşkil etilgan Special Inspector General for Afghanistan Reconstruction (SIGAR) komissiyasi 2016 yil noyabri holatiga köra, Afğoniston hukumati nazorat qilayotgan hudud maydoni bir yil avvalgiga nisbatan 15 foizga kamayganini ma'lum qildi.
Jumladan, Orözğon viloyatida turli radikal va terrorçilik guruhlari 6 uyezddan 5tasini, Hilmand viloyatida 14ta uyezdan 8tasini nazorat qilmoqda.
Komissiya ma'lumotlariga köra, 2016 yilning 1 yanvaridan 12 noyabrigaça 6,7 ming nafar afğon askari va politsiyaçisi öldirilgan va 11,7 mingdan köproği yaralangan. 2015 yil davomida 5 ming, 2014 yilda esa 4,6 ming askar va politsiyaçi öldirilgan edi.
Komissiyaning baholaşiça, Afğoniston kuç tuzilmalaridagi xodimlar soni 316 ming kişini taşkil qiladi.












