AQŞning Facebook kompaniyasi ötgan çorak va 2016 yil böyiça moliyaviy hisobotini e'lon qildi. Kompaniya hisoboti bunga dalolat qiladi.
Şunday qilib, unga köra, Facebook tarmoğining 2016 yil sönggi çoragidagi daromadi 8,81 mlrd dollarni taşkil etgan, bu 2015 yilning ayni çoragi bilan taqqoslaganda 51 foizga köp demakdir. Bunda kompaniya sof foydasi 3,57 mlrd dollarni taşkil etgan, bu esa 2015 yil sönggi çoragi körsatkiçidan 128 foizga köp ekanini bildiradi.

2016 yil yakunlari böyiça, kompaniya jami daromadi 27,64 mlrd dollardan iborat bölgan, şundan 10,22 mlrd dollari sof foyda ekani ta'kidlangan. Şunday qilib, Facebook kompaniyasining bu körsatkiçi 2015 yilga qaraganda 177 foizga ösgan.
Bundan taşqari, dekabr oyida ijtimoiy tarmoqqa har kuni kirgan foydalanuvçilarning örtaça soni 1,23 mlrd kişini taşkil etgan. Bu borada 2015 yilga nisbatan 18 foizlik ösiş qayd etilgan.












