Parijdagi 32-Xalqaro avtomobil festivalida 2016 yilning eng çiroyli kontsept-kari tanlandi. Bunday şarafga şu kabi anjumanlarda Jaguar I-Pace, Aston Martin RB001 va DS E-Tense kabi prototiplar bilan bir qatorga qöyiladigan Renault Trezor munosib topildi. 

Trezor prototipi ötgan yilning kuz oyida bölib ötgan Parij avtosalonida namoyiş qilingan edi. Uning öziga xos jihatlaridan biri avtomobil içiga kirişning noodatiy ekanligidir. Buning uçun, karbonli tomni kötariş lozim böladi. Bu esa, kuzovning deyarli ust qismidir. 

Avtomobilga Formula Ye çempionatlarida iştirok etuvçi Renault e Dams jamoasi  bolidlarining 350 ot kuçiga ega elektrodvigateli örnatiladi. Maşina 4 soniyada «yuz»ga çiqa oladi. 

Bundan taşqari, kontsept uçun muqobil boşqaruv tizimi işlab çiqilgan. Rul çambaragi poyga maşinalari rullarining şakliga ega. Gorilla Glass şişa qoplamali  OLED-ekranlar hamda kinetik energiyani rekuperatsiya (elektr tokiga aylantiruvçi) qiluvçi tizim ham yoddan kötarilmagan.