Özbekiston Taşqi işlar vazirligida 1 fevral kuni Qirğiziston elçisi Daniyar Sidikov bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida Özbekiston — Qirğiziston Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça Özbekiston va Qirğiziston Hukumat delegatsiyalari işçi guruhlari faoliyatining amaliy jihatlari ikki davlat rahbarlarining tegişli topşiriqlarini amalga oşiriş nuqtai nazaridan muhokama qilindi.

Uçraşuvda turli darajalarda bölajak Özbekiston — Qirğiziston uçraşuvlari bilan boğliq boşqa masalalar ham körib çiqildi.